26 fevral kuni Özbekistonning Sankt-Peterburg şahridagi Boş konsulxonasida vatandoş Ibodullayev Xayrulla Saydullayeviçga «Jasorat» medalini tantanali topşiriş marosimi bölib ötdi.
Tadbirda Özbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi favqulodda va muxtor elçisi B.Asadov, Boş konsulxona xodimlari, vatandoşlar hamda Rossiya ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Marosimda sözga çiqqan elçi B.Asadov Özbekiston prezidentining tegişli farmoniga muvofiq, Sankt-Peterburg şahrida sodir bölgan favqulodda va murakkab vaziyatda öz joni va salomatligini xavf ostiga qöyib, köp qavatli uyning yuqori qismida sodir bölgan hodisada pastga qulab tuşayotgan yoş bolaga amaliy yordam körsatgani va uning hayotini saqlab qolgani uçun X.Ibodullayev «Jasorat» medali bilan taqdirlanganini ta’kidladi.
Elçi uşbu mukofot nafaqat bir inson jasoratining e’tirofi, balki yurtdoşlarning insoniylik, bağrikenglik va yuksak ma’naviy qadriyatlarga sodiqligini ifodalovçi muhim ramz ekanini alohida qayd etdi.
Tadbirda sözga çiqqan Xayrulla Ibodullayev yuksak e’tirof uçun davlat rahbariga minnatdorlik bildirib, bunday vaziyatda har bir özbek farzandi bolaning hayotini saqlab qolişga intilişi tabiiy ekanini ta’kidladi. U öz harakatini qahramonlik emas, balki insoniy burç, deb hisoblaşini aytdi hamda bildirilgan işonç va e’tibor unga katta mas’uliyat yuklaşini qayd etdi.
Marosim iştirokçilari uning jasoratini yuksak baholab, bunday ezgu işlar yoş avlod uçun ibrat namunasi bölişini ta’kidladi.








