O‘zbekiston | 07:58 / 16.09.2021
26127
1 daqiqa o‘qiladi

6 oyda eng ko‘p egizaklar qaysi viloyatda tug‘ilgani ma'lum qilindi

O‘zbekistonda 2021 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra 390,7 ming tug‘ilish qayd etilgan. Shundan 8527 nafari egiz tug‘ilganlar. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotiga ko‘ra, ushbu davrda eng ko‘p egizak Samarqand viloyatida, eng kam egizaklar Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan.

Hududlar kesimida egiz tug‘ilganlar soni (yanvar—iyun oylarida):

  • Samarqand viloyati — 1100 nafar;
  • Farg‘ona viloyati — 992 nafar;
  • Andijon viloyati — 867 nafar;
  • Qashqadaryo viloyati — 812 nafar;
  • Namangan viloyati — 715 nafar;
  • Toshkent viloyati — 713 nafar;
  • Surxondaryo viloyati — 640 nafar;
  • Toshkent shahri — 586 nafar;
  • Buxoro viloyati — 426 nafar;
  • Jizzax viloyati — 415 nafar;
  • Xorazm viloyati — 381 nafar;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 369 nafar;
  • Navoiy viloyati — 283 nafar;
  • Sirdaryo viloyati — 228 nafar.

Mavzuga oid