O‘zbekiston | 14:10 / 14.01.2019
5500
2 daqiqa o‘qiladi

Fond birjasida «O‘zbekko‘mir» aksiyalariga qiziqish sezilarli darajada oshdi

Foto: RBK

«Toshkent» fond birjasida «O‘zbekko‘mir» aksiyalariga qiziqish darajasi sezilarli oshdi, deyiladi birja saytida.

Yil boshidan beri 177 874 452 so‘mlik 66ta bitim va o‘tgan hafta davomida 82 510 732 so‘mlik 82ta bitim tuzildi.

Xabarda qayd etilishicha, ayrim ekspertlar «O‘zbekko‘mir» ustavida davlat ulushining 45% Rossiyaning «ProgressGorTex» kompaniyasi ishonchli boshqaruviga o‘tkazganligi sababli kompaniya aksiyalariga bo‘lgan qiziqish o‘sganini bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «O‘zbekko‘mir» xususiy kompaniya boshqaruviga topshirilgandi.

Hukumat qaroriga muvofiq, «ProgressGorTex» MChJning (Rossiya Federatsiyasi) O‘zbekistonda tashkil etilgan sho‘'ba xo‘jalik jamiyati «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning «O‘zbekko‘mir» AJ ustav kapitalidagi 45 foiz miqdoridagi aksiyalari turkumining ishonchli boshqaruvchisi sifatida jalb etildi; ishonchli boshqaruv davrida «O‘zbekko‘mir» AJning tashkiliy-huquqiy shakli aksiyadorlik jamiyati sifatida saqlab qolinadi.

Mavzuga oid