Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston xalqi jabrlandi – To‘qayev yadro quroli sinovlari haqida
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Xalqaro yadroviy sinovlarga qarshi kurash kunida qozoq xalqining fojiasini eslatdi. 1949 yildan 1989 yilgacha Qozog‘istondagi Semipalatinsk poligonida yadro sinovlari o‘tkazilgan, bu mahalliy aholi sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
Semipalatinsk poligoni
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Xalqaro yadroviy sinovlarga qarshi kurash kunida qozoq xalqining fojiasini eslatib, kelajak avlodlar uchun tinchlikni mustahkamlashga chaqirdi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti 29 avgust kuni X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
«Bugun Xalqaro yadroviy sinovlarga qarshi kurash kuni. Ushbu unutilmas sana Qozog‘iston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan ta’sis etilgan. Xalqimiz atom quroli sinovlarining eng og‘ir oqibatlari qurboni bo‘ldi. Bu fojia takrorlanmasligi kerak. Kelajak avlodlar uchun biz tinchlikni mustahkamlashimiz, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishimiz, yadroviy qurolsizlanish va yadroviy sinovlardan voz kechish bo‘yicha sa’y-harakatlarni amalga oshirishimiz kerak. Tinchlik va xavfsizlik - butun insoniyatni birlashtiradigan eng oliy qadriyatdir», deb yozdi Qosim-Jo‘mart To‘qayev.
1949 yildan 1989 yilgacha Qozog‘istondagi Semipalatinsk poligonida yadro sinovlari o‘tkazilgan - bu davrda 450 dan ortiq yer usti va yer osti portlashlari amalga oshirildi.
Sinovlarning oqibatlari jiddiy radiatsiya ifloslanishiga olib keldi va yaqin atrofdagi yuz minglab aholining sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
1991 yil 29 avgustda Semipalatinsk poligoni rasman yopildi va Qozog‘iston yadro qurolidan ixtiyoriy ravishda voz kechgan birinchi davlatlardan bo‘ldi.
Mavzuga oid
23:27
Qozog‘iston tog‘larida uch kishining jasadi topildi
12:53
Rossiya va Qozog‘iston yangi raketa-tashuvchining parvozini keyinroqqa surdi
21:36 / 25.12.2025
Qozog‘iston AZAL samolyoti halokati tergovining dastlabki tafsilotlarini oshkor qildi
21:50 / 23.12.2025