2025 yil oxirigaça Boyqönğir kosmodromidan yangi “Soyuz-5” raketa-taşuvçisining birinçi sinov parvozi rejalaştirilgan edi, ammo u amalga oşmadi. Loyiha hamkorlari — “Roskosmos” Rossiya davlat korporatsiyasi va Qozoğiston Milliy kosmik agentligi (“Qazkosmos”) uni keyinroqqa qoldirdi. “Roskosmos” 26 dekabr, juma kuni e’lon qilgan xabarda aytilişiça, bunda “ham bort tizimlari, ham yer uskunalari böyiça qöşimça tekşiruvlar ötkaziş”ga qaror qilingan.

Parvoz muddatini köçiriş qarori, ta’kidlanişiça, texnik tusga ega: Rossiya—Qozoğiston qöşma kosmik loyihasi “Bayterek” iştirokçilari tizimlarning “barqaror” işlaşini ham odatiy, ham favqulodda rejimlarda tekşirib olişni, apparatning parvoz sinovlariga tayyorligini va raketaning birinçi uçirilişi xavfsizligini ta’minlaşni közlamoqda. “Roskosmos” “Bayterek” dasturi yakuniy bosqiçda ekanini qayd etgan.

“Roskosmos” xabarida “Soyuz-5”ning yangi uçiriş sanasi aytilmagan, sana “barça jarayonlar yakunlari böyiça belgilanişi va dastur iştirokçilari bilan kelişilişi” ta’kidlangan. Biroq öşa kunning özida Qozoğiston boş vaziri örinbosari — sun’iy intellekt va raqamli rivojlaniş vaziri Jaslan Madiyev brifingda parvoz 2026 yilning birinçi çoragiga köçirilganini aytgan, deb xabar beradi mahalliy OAV.

Noyabr örtalarda Rossiya kosmik davlat korporatsiyasi “mamlakat kosmonavtikasi tarixidagi eng yangi” “Soyuz-5” raketasi Samaradan Boyqönğirga yetib kelganini xabar qilgan edi: uning bloklari montaj-sinov korpusiga yetkazilgan, u yerda raketani yil oxiridagi parvozga tayyorlaşgan. “Roskosmos” rahbari Dmitriy Bakanovning aytişiça, uşbu raketa-taşuvçida “sayyoradagi eng qudratli dvigatel” — RD-171MV dan foydalaniş rejalaştirilgan.

“Soyuz-5”ning birinçi uçirilişi dastlab 2023 yil oxiriga qadar rejalaştirilgan bölib, buning uçun Boyqönğirda “Bayterek” kosmik raketa kompleksi qurilişi kerak edi. Keyinçalik muddat 2025 yil dekabriga surilgan. Bloomberg ta’kidlaşiça, Rossiya—Qozoğiston dasturi Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi loyihalariga raqobatçi sifatida körsatilmoqda.

Noyabr oxirida Boyqönğirda Rossiyaning “Soyuz MS-28” kosmik kemasi uçirilganidan keyin xizmat körsatiş kabinasining bir qismi qulab tuşgan, start maydoni şikastlangan. Mutaxassislar fikriça, bu Xalqaro kosmik stansiyaga uçiriladigan “Soyuz” va “Progress” pilotli kemalarining parvoziga xalaqit berişi mumkin.