Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Farg‘onada Pro-liganing hal qiluvchi o‘yini ommaviy tartibsizlik bilan tugadi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida futbolchi va muxlislar o‘yin hakamlarini kaltaklashdi.
Foto: Videodan kadr
Pro-liganing 28-turi doirasida Farg‘ona viloyatining ikki jamoasi - Yaypanning «Turon» va Farg‘onaning «Neftchi» jamoalari o‘rtasida o‘tgan bahs yakunida (1:0) muxlislar maydonga chiqib ketib, ommaviy tartibsizlik ro‘y berdi.
Pro-liga g‘olibligi va Superligaga chiqish yo‘llanmasi hal qilingan «Oltin o‘yin»da mehmonlar g‘alaba qozonishdi va klub o‘z tarixida ilk marta chempionatning eng yuqori ligasiga yo‘l oldi. Mezbon jamoa futbolchilari esa mag‘lubiyatni qabul qila olishmadi – ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videolarda farg‘onalik futbolchilardan biri o‘yin bosh hakami Shavkat Nasibullayevga akrobatik usulda zarba berganini ko‘rish mumkin. Bundan tashqari, klub xodimlari va maydonga chiqib kelgan muxlislar ham hakamlarga hujum qilgan, qanot hakamlaridan birining boshi yorilgani aytilmoqda.
Kun.uz muxbiri xabar qilishicha, ushbu voqea o‘yinni tomosha qilish uchun kelgan Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov va viloyatning boshqa mas'ullari, shuningdek, PFL rahbariyati ko‘z o‘ngida sodir bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:43 / 25.04.2026
Superliga. «Paxtakor» va «Neftchi» ta’qibchilardan ilgariladi
17:07 / 20.04.2026
Superliga. Peshqadamlar poygasi va «Bunyodkor»dan superkambek
11:39 / 10.04.2026
Superliga. «Neftchi» to‘xtatildi, Qo‘qonda mojaroli penalti va hakamlikdan norozi PFL
21:18 / 09.04.2026