Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Shavkat Mirziyoyevni Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Vladimir Putin tomonidan imzolangan hujjat matniga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi uchun orden bilan taqdirlandi.
Aleksandr Nevskiy ordeni Rossiya Federatsiyasining davlat mukofoti hisoblanadi.
Aleksandr Nevskiy ordeni — bu Rossiya imperiyasi, Sovet Ittifoqi va Rossiya Federatsiyasining mukofot tizimlarida (ma’lum o‘zgarishlar bilan) mavjud bo‘lgan yagona mukofotdir.
Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedevning 2010 yildagi “Rossiya Federatsiyasining davlat mukofotlari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan Aleksandr Nevskiy ordeni Rossiya davlat mukofotlari tizimiga kiritilgani belgilandi.
Ma’lumot uchun, 2021 yil yanvar oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin sobiq ittifoq va o‘zbek diplomati Rafiq Nishonovni Aleksandr Nevskiy ordeni bilan mukofotlash haqidagi farmonni imzolagandi.
Mavzuga oid
22:26 / 15.01.2026
Putin Maduroni ag‘dargan Trampni tanqid qilishga jur’at etolmadi – OAV
15:51 / 15.01.2026
Bloomberg: Trampning maxsus vakillari Putin bilan uchrashishi mumkin
09:50 / 15.01.2026
Tramp: Putin tinchlikni istayapti, kelishuvga Zelenskiy to‘sqinlik qilyapti
22:33 / 09.01.2026