Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzum Market bir qator tovarlar uchun komissiyani 1 foizgacha pasaytiradi
2025 yil 12 noyabrdan 31 dekabrgacha DBS modeli bo‘yicha ishlaydigan sotuvchilar uchun tovarlarning ayrim toifalarida komissiya atigi 1 foizni tashkil etadi. Shu tariqa, marketpleys mavsumiy talab yuqori bo‘lgan davrda hamkorlarni qo‘llab-quvvatlaydi va yozgi mavsumdan qolgan tovarlarni sotishda yordam beradi.
Foto: Uzum Market
Imtiyozli shartlar "Avtomobil ehtiyot qismlari", "Mototexnika tovarlari", "Motojihozlar", "Transport vositalari", "Xona o‘simliklari va gullari" bo‘limlaridagi bir qator tovarlar toifalariga tatbiq etiladi. Aksiyada ishtirok etuvchi toifalarning to‘liq ro‘yxati bilan havola orqali tanishish mumkin.
— DBS sotuvchilar uchun eng qulay modellardan biri bo‘lib qolmoqda va komissiyani 1 foizgacha pasaytirish ushbu model bo‘yicha ishlashni yanada foydali qiladi. Bu, shuningdek, marketpleysda endigina o‘rnashib borayotgan yangi toifalarni qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi. Ishonchimiz komilki, ushbu shart-sharoitlar hamkorlarga yuqori mavsumda o‘sib borayotgan talab bilan samaraliroq ishlashga yordam beradi, — deydi Uzum Marketʼning biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Vladislav Saxarov.
Mavzuga oid
15:00 / 15.04.2026
Uzum Market'da - Bozordan arzonroq
17:00 / 11.07.2025
“Bir yarim yilda 28 ta topshirish punkti ochildi”: Uzum Market tarmog‘i tez o‘sish davrini boshdan kechirmoqda
11:00 / 07.05.2025
Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Uzum Market 69 000 dan ortiq o‘zbekistonlikni reabilitatsiya qilish vositalari bilan ta’minladi
10:09 / 19.03.2025