Milliy marketpleys "Bozordan foydaliroq. Tekşirib kördik – bizda arzonroq" aksiyasi yölga qöydi. Uzum Market jamoasi marketpleys va poytaxtning eng yirik bozorlaridagi minglab eng ommabop tovarlar narxlarini tanlab oldi va taqqosladi. Narxlari qöşimça ravişda tekşirilgan barça tovarlar alohida töplamga kiritildi.

Uzum Market tadqiqotiga köra, özbekistonliklarning 64 foizi xarid qilişdan oldin turli savdo maydonlaridagi narxlarni taqqoslaydi, sörovnoma iştirokçilarining ⅔ qismi esa Uzum Market'dagi narxlar bozorlardagiga qaraganda arzonroq ekaniga işonadi. Agar ilgari foydalanuvçilar narxlarni özlari tekşirib, taqqoslagan bölsa, "Bozordan arzonroq" aksiyasi doirasida milliy marketpleys jamoasi bu vazifani öz zimmasiga oldi va bozorlardagiga qaraganda arzonroq narxlar keltirilgan takliflarni alohida töplamga yiğiş uçun poytaxtning eng yirik bozorlarini aylanib çiqdi.

Taqqoslaşda har bir xonadonda zarur bölgan minglab maşhur tovarlar iştirok etadi: oziq-ovqat, maişiy texnika va kimyo, kosmetika, kiyim-keçak, uy-rözğor buyumlari va boşqalar. Assortiment muntazam ravişda yangilanadi, narxlar monitoringi esa doimiy ravişda olib boriladi — bu takliflarning aktualligini saqlaş va ularni bayramlar, ta’tillar, mavsum özgarişlari va boşqa omillarni hisobga olgan holda xaridorlar uçun haqiqatan ham foydali qiliş imkonini beradi.

— Uzum Market'ning doimiy mijozlari biladiki, bizda doimo foydali takliflarni topiş mumkin, bu nafaqat vaqtni, balki oilaviy budjetni ham tejaydi, — deydi Uzum Market vakili. — Biz nafaqat millionlab odamlarning fikriga, balki özimizning muntazam monitoring natijalariga ham tayanamiz. Biz minglab maşhur tovarlarni tanlab ularning narxlarini tahlil qildik va barça kerakli narsalarni topiş hamda bir neça daqiqada tez yetkazib beriş xizmati bilan buyurtma beriş uçun bozorlardagiga qaraganda arzonroq narxlardagi takliflarni bitta töplamga jamladik. Şu bilan birga, marketpleysda boşqa tovarlarning keng assortimentini foydali narxlarda topiş mumkin. Bu tovarlar mamlakatning barça hududlari aholisi uçun — aholi punktining kattaligi va poytaxtdan qançalik uzoqda joylaşganidan qat’i nazar — mavjud.

Uzum Market butun mamlakat böylab tadbirkorlarga biznesni kengaytirişga, xaridorlarga esa qulay narxlarda keng turdagi tovarlardan foydalanişga yordam beradigan vositalarni rivojlantirişda davom etmoqda. Aksiya doirasidagi tovarlar töplami allaqaçon Uzum Market platformasida mavjud.


Reklama huquqi asosida