Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta oxirida harorat ko‘tarilishi davom etadi
Dam olish kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo kunduzi +14…+17 darajagacha isiydi, kechalari 0…+5 daraja atrofida bo‘ladi.
Foto: Kun.uz
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Faqat Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida 14 mart kuni kechqurun va 15 mart kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Havo harorati ko‘tarilishi davom etadi. Juma kuni kunduzi havo +8…+13 darajagacha, shanba va yakshanba kunlari esa +14…+17 darajagacha isiydi.
Kechalari ham harorat ko‘tariladi. Mamlakat hududining katta qismida kechalari 0…+5 daraja atrofida bo‘ladi. Faqat respublikaning ayrim joylarida kechalari kuchsiz sovuq saqlanib turadi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikkacha esadi.
Toshkent shahrida 13–15 mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Havo harorati juma kunduzi +11…+13 daraja, dam olish kunlari esa +13…+15 daraja bo‘ladi. Harorat kechalari –1…+4 daraja bo‘ladi.