Toshkentda «ximchistka»lar faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yishga ruxsat berildi
Faoliyatini qaytadan boshlaydigan kimyoviy tozalash muassasalari karantin talablari va ishni qayta tiklash bo‘yicha maxsus komissiya tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalarga to‘liq amal qilishi talab etiladi
Toshkent shahar aholisi talab va ehtiyoji hamda xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning murojaatlarini o‘rganish xulosalaridan kelib chiqib, poytaxtdagi kimyoviy tozalash muassasalari faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yishga ruxsat berildi.
Poytaxt hokimligi matbuot xizmatining yozishicha, koronavirus pandemiyasi ko‘plab soha va tarmoqlar faoliyatining to‘xtashiga sabab bo‘lgan edi. Bugungi kunda ham hali vaziyat barqarorlashmagan bo‘lsa-da, aholining oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa ehtiyojlari inobatga olingan holda ba'zi korxona va muassasalar faoliyati karantin talablariga to‘la rioya etilgani holda qayta yo‘lga qo‘yilmoqda.
“Faoliyatini qaytadan boshlaydigan kimyoviy tozalash muassasalari karantin talablari va ishni qayta tiklash bo‘yicha maxsus komissiya tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalarga to‘liq amal qilishi talab etiladi. Shuningdek, ish boshlashdan avval muassasa hamda xizmatga jalb qilingan xodimlar SEOM tekshiruvidan o‘tishi shart”, - deyiladi xabarda.
Shuningdek, aholi zarur bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmasligi lozimligi talabidan kelib chiqib, bunday turdagi tashkilotlarga buyurtmalarni olib ketish hamda yetkazib berishni tashkil qilish tavsiya etilgan.
Mavzuga oid
10:51
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
17:02 / 22.11.2024
Toshkentda 4 mln dona pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
15:28 / 22.11.2024
Svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Malibu piyodani urib yuborishiga oz qoldi
21:43 / 21.11.2024