Toşkent şahar kengaşi şahar dizayn-kodini joriy etiş böyiça 2026 yil 17 fevral kuni qabul qilgan qaror qayta körib çiqilişi kerak. Biznes-ombudsman qarorni örganib çiqib, şunday xulosaga keldi.

Prezidentning tadbirkorlar huquqlari böyiça vakili bayonotiga köra, qarorning ayrim bandlari amaldagi qonunçilikka zid.

Xususan, “Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida”gi qonun talablariga köra, tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir etuvçi loyihalar Biznes-ombudsman bilan majburiy tartibda kelişilişi lozim. Biroq uşbu qaror Vakil bilan kelişilmasdan qabul qilingan.

Qarorda reklama vositalari uçun belgilangan “past töyingan” yoki “neytral” rang kabi tuşunçalarning huquqiy mezoni oçib berilmagan. Bundan taşqari, ranglarni bir xillaştiriş talabi tadbirkorlarning intellektual mulk (röyxatdan ötgan brend) huquqlariga zarar yetkazişi mumkin. Bir neça obektlarga ega bölgan tarmoq taşkil etgan brendlarning manfaatlari inobatga olinmagan.

Yangi talablarga moslaşiş uçun belgilangan 3 oylik muddat yetarli emas. Jarayonni tadbirkorlarga ortiqça yuklama tuğdirmagan holda, bosqiçma-bosqiç amalga oşiriş tartibi nazarda tutilmagan.

Yuqoridagilardan kelib çiqib, Biznes-ombudsman xalq deputatlari Toşkent şahri kengaşiga mazkur qarorning tadbirkorlik faoliyatiga daxldor qismlarini qayta körib çiqiş, normalarga özgartiriş kiritiş va kuçga kiriş muddatini uzaytiriş yuzasidan rasmiy xulosa kiritdi.

Biznes-ombudsman qayta körib çiqişda öz xodimlari iştirok etişini söramoqda.