Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yamanga aviazarba berilishi oqibatida 50 kishi halok bo‘ldi. BMT ushbu hujumni qoraladi
Foto: Reuters
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya harbiy aviatsiyasining Yamanga bergan aviazarbalarini qoraladi. BMTning ma'lum qilishicha, hujum oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘lgan. Bosh kotib devonxonasida aytilishicha, Guterrish “halok bo‘lganlar oilalari va do‘stlariga chuqur hamdardlik bildirgan” va bu voqealarning tez va samarali tergov qilinishiga chaqirgan.
“Bosh kotib Taizda nikoh to‘yi va avtomobillardagi odamlarga berilgan aviazarbalarni qat'iyan qoralaydi. Olinayotgan ma'lumotlarga ko‘ra, zarbalar oqibatida kamida 50 kishi, jumladan bolalar halok bo‘lgan va o‘nlab odamlar yaralangan”, deb aytilgan xabarda.
Guterrish Yamandagi ixtilofning barcha tomonlariga xalqaro gumanitar huquq tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasi obektlarini himoyalash majburiyatini qo‘yishini eslatib o‘tdi.
Berilgan zarbalardan biri nikoh to‘yi o‘tayotgan uyga to‘g‘ri kelgan. Buning oqibatida to‘yda ishtirok etayotgan ko‘plab odamlar, jumladan ayollar va bolalar halok bo‘lgan.
23 aprelda amalga oshirilgan bu zarbalardan avvalroq yamanlik isyonchi husiylar Saudiya Arabistoni tomon 2 ta raketa otgan. Al Arabiya telekanalining ma'lum qilishicha, raketalardan biri urib tushirilgan, boshqasi kimsasiz hududga tushgan.
Mavzuga oid
23:29 / 08.01.2026
AQSh BMT Yashil iqlim fondidan chiqdi
14:14 / 08.01.2026
Germaniya TIV rahbari Grenlandiya masalasi tufayli AQShga BMT nizomini eslatdi
08:08 / 08.01.2026
AQSh 66 ta xalqaro tashkilotdan chiqmoqda
21:44 / 07.01.2026