Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov vafot etdi
Atoqli tarjimon, adabiyotshunos olim, O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda 6 iyun kuni Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.
Ibrohim G‘afurov 1937 yil 27 dekabrda, Toshkentda tug‘ilgan. U badiiy tarjima va adabiy tanqid sohalarida katta maktab yaratgan, o‘zbek adabiyotshunosligining yirik darg‘asi edi.
Jahon adabiyotining ko‘plab klassik namunalari, xususan Fyodor Dostoyevskiy, Jyeyms Joys, Ernest Heminguey, Chingiz Aytmatov, Gabriel Garsiya Markes kabi yozuvchilar asarlari o‘zbek xalqiga Ibrohim G‘afurovning zargarona tarjimalari orqali yetib borgan.
U iste’dodli adib va atoqli adabiyotshunos olim sifatida ko‘plab badiiy va adabiy-tanqidiy asarlar muallifi hamdir. Faoliyati davomida, shuningdek, 1995 yilda “Millik tiklanish” partiyasiga asos solgan va Oliy Majlis deputatligiga saylanib, partiyaning parlamentdagi fraksiyasiga raislik qilgan.
Ibrohim G‘afurov 1995 yilda “Do‘stlik” ordeni, 2021 yilda “O‘zbekiston Qahramoni” oliy unvoni bilan taqdirlangan.
Kun.uz tahririyati millatimizning fidoyi farzandi vafoti munosabati bilan marhumning yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor qiladi.
- Janoza namozi ertaga, 7 iyun kuni bomdod namozidan so‘ng Toshkentdagi Hazrati imom (Hastimom) jome masjidida o‘qiladi. Marhum Teshik qopqa qabristoniga qo‘yiladi.
Mavzuga oid
15:07 / 01.06.2026
Prezident: Adabiyot va san’at sohasini qo‘llab-quvvatlashning yangi bosqichi boshlanadi
17:36 / 25.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Pokiston rahbariyatiga ta’ziya yo‘lladi
11:02 / 15.05.2026
Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” romani ingliz tilida chop etildi
16:40 / 09.10.2025