Davlat rahbari tomonidan şoir va yozuvçilar uçun har yili kamida 50 ta eng sara asarga ijodiy buyurtma beriş, özbek adabiyotining eng yaxşi 10 ta asarini xorijiy tillarga tarjima qiliş va ularni çet davlatlarda taqdim etiş tizimini yölga qöyiş taklif etildi.
Şuningdek, Yozuvçilar uyuşmasi tavsiyasi bilan naşr etiladigan kitoblarning qoğoz xarajatlari davlat tomonidan qoplanişi belgilandi. Yoş iste’dodlarning şe’riyat va san’atni uyğunlaştirgan loyihalari ham qöllab-quvvatlanib, eng yaxşi 100 ta taşabbus davlat hisobidan moliyalaştiriladi.
Uçraşuvda ijodkorlarni ijtimoiy himoya qiliş çoralari ham e’lon qilindi. Endilikda har yili 1 ming nafar şoir, yozuvçi, madaniyat va san’at vakiliga uy-joy uçun ipoteka krediti dastlabki tölovining 50 foizi qoplab beriladi. Boşqa hududdan kelib işlayotgan soha xodimlarining ijara xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan qoplanadi.
Bundan taşqari, har yili ming nafar faol soha vakili davlat hisobidan bepul davolanadi, ikki ming nafar ijodkorga tibbiy suğurta paketi taqdim etiladi. Kamida 10 yil mehnat qilgan xodimlarga sanatoriylarga bepul yöllanmalar ajratiladi.
Prezident öz nutqida milliy ruh va ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlaşda adabiyot va san’atning örni beqiyos ekanini ta’kidlab, xalqni ilhomlantiradigan, yoşlarda Vatanga muhabbat va millatga sadoqat tuyğularini kuçaytiradigan asarlar yaratiş muhim vazifa bölib qolayotganini qayd etdi.

















