Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga yangi prezident saylandi
2017 yilning 10 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida Fanlar akademiyasining prezidentini saylashga bag‘ishlangan umumiy majlis bo‘lib o‘tdi.
Majlisda Fanlar akademiyasi akademiklari, direktorlar kengashi a'zolari ishtirok etdilar. Umumiy majlis ishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov ishtirok etdi va nutq so‘zladi.
Majlisda so‘zga chiqqan akademiklar M.S.Salohiddinov, S.Sh.Rashidova, R.A.Zohidov, B.M.Beglov, B.A.Nazarov, A.A.Asqarov, N.R.Yusupbekov, A.A.Abdullayev, professor Sh.A.Egamberdiyev O‘zbekiston rahbariyati va hukumati tomonidan mamlakatimiz ilm-fani rivojiga alohida e'tibor qaratilayotganini ta'kidlash barobarida akademik fan oldida turgan bir qator dolzarb masalalarni belgilab olishdi.
Shuningdek, ular O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentligiga saylash uchun akademik B.S.Yuldoshevning nomzodini qo‘llab-quvvatlashdi.
Akademik Yuldoshev Behzod Sodiqovich navbatdagi muddatga Fanlar akademiyasining prezidenti etib saylandi. Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevga murojaat qabul qilindi.
Behzod Yuldashev (1945 yilda tug‘ilgan) – fizika-matematika fanlari doktori. 2000-2005 yillarda ham Fanlar akademiyasini boshqargan. FA yadro fizikasi Instituti direktori bo‘lib ishlagan. Oliy Majlis Senati a'zosi bo‘lgan.
Ma'lumot uchun, Fanlar akademiyasini 2006 yilning martidan biologiya fanlari doktori, akademik Shavkat Solihov boshqarib kelgandi.
Mavzuga oid
09:11 / 17.01.2026
V.Vohidov markazida robot-assistentli xirurgik tizim ishga tushirildi
07:30 / 23.09.2025
FA prezidenti Xalqaro fanlar akademiyalari assotsiatsiyasi akademigi unvonini oldi
11:47 / 31.07.2025
40 ta xorijiy atama o‘zbekcha muqobillariga almashtirildi
18:49 / 03.03.2025