Davlat idoralaridagi to‘g‘ridan to‘g‘ri xaridlarni 2 karra qisqartirish topshirildi
Kelgusida davlat idoralarining xaridlarida mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan transport va mebelga ustuvorlik berish zarurligi qayd etildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda manfaatlar to‘qnashuvi, qimmat narxda tovar sotib olish yoki xizmat ko‘rsatish asosan davlat xaridlarida kuzatilayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
«Umuman, to‘g‘ridan to‘g‘ri sotib olsa bo‘ladigan 50 dan ortiq tovar va xizmat turlari bor. Lekin birorta rahbar buni ro‘yxatdan chiqaraylik, hamma tanlov qilib olsin, narx arzon bo‘ladi, degan taklifni bildirmadi», degan davlat rahbari.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Hisob palatasiga parlamentning budjetga mas’ul qo‘mitalari bilan birgalikda to‘g‘ridan to‘g‘ri xaridlarni 2 karra qisqartirish topshirildi. Yil yakunigacha sun’iy intellekt yordamida davlat xaridlarida qonunga zid holatlarni aniqlash va oldini olish bo‘yicha elektron tizimni ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.
Shuningdek, bu borada Ekspert komissiyasi tuziladi. Ushbu komissiya ilg‘or tajriba asosida davlat xaridlarida tovarlarning o‘rtacha bozor narxlari ko‘rinib turadigan elektron platforma yaratib, undagi ma’lumot yangilanib turadigan tizim qiladi.
Bunda, davlat xaridlarida sotib olinadigan tovar va xizmatlar narxi o‘rtacha bozor narxidan ko‘pi bilan 20 foizdan oshmasligi shart. Ushbu talabni buzganlik uchun qonun bilan javobgarlik va jarimalar joriy qilinadi.
Budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga olinayotgan tovarlarni ham tartibga solish vaqti kelgani ta’kidlandi. Budjet va budjetdan tashqari mablag‘ hisobidan asosiy vositalarni xarid qilish bo‘yicha talablar kuchaytirilishi belgilandi.
Davlat idoralarida xizmat transportida yurishni keskin qisqartirib, milliy avtomobil va milliy mebelga o‘tish zarurligi qayd etildi.
Yirik loyihalarni yuqori darajadagi korrupsiyaga qarshi standartlardan kelib chiqib baholash lozimligi ta’kidlandi.
Mutasaddilarga bunday investitsiya loyihalarida xalqaro korrupsiyaga qarshi standartlarni joriy etish, yirik auksion shartlarini raqobatdoshlik ekspertizasidan o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish topshirildi.
Shuningdek, “Shaffof qurilish” platformasi qamrovi oshirilishi, xalqaro tashkilotlar loyihalariga ham bosqichma-bosqich joriy qilinishi belgilandi.
Bu ishlar xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi qurilishlarda subpudratchilarni yollash va 1 million dollargacha bo‘lgan loyihalardan boshlanadi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston rossiyalik to‘rt deputat va Davlat dumasi vitse-spikerining mamlakatga kirishini taqiqladi
Jahon | 01:52
-
HAMAS vakili Isroil bilan kelishuvga tayyor ekanini ma’lum qildi
Jahon | 01:00
-
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Jahon | 23:57 / 02.05.2025
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18 / 02.05.2025
Mavzuga oid

19:00 / 02.05.2025
Toshkentda "Davlat xaridlari tizimidagi imkoniyatlar va islohotlar - 2025" xalqaro forumi muvaffaqiyatli o‘tkazildi

18:42 / 02.05.2025
Prezident Urganchda Kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazini borib ko‘rdi

17:22 / 02.05.2025
Prezident «Urganch klaster»ning yangi korxonalari faoliyati bilan tanishdi

16:15 / 02.05.2025