Hujjat davlat tomonidan qöriqlanişi lozim bölgan şaxslarning xavfsizligini ta’minlaş, Özbekistonda mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni ta’minlaş va içki tartibni saqlaşda davlat sirlari bilan boğliq davlat xaridlarini amalga oşiriş uçun möljallangan.
Quyidagi tartiblar töğrisidagi nizomlar tasdiqlandi:
- ayrim toifadagi obektlarni loyihalaştiriş, quriş, rekonstruksiya qiliş, mukammal va joriy ta’mirlaş loyihalari reyestrini yuritiş;
- ayrim toifadagi obektlarda amalga oşiriladigan loyihalaştiriş, quriş, rekonstruksiya qiliş, mukammal va joriy ta’mirlaş bilan boğliq davlat xaridlarini taşkil etiş va ötkaziş.
Obektlarni maxsus ajratilgan va toifalangan obektlar röyxatiga kiritiş uçun buyurtmaçi taşkilotlar javobgar hisoblanadi.
Reyestrga faqat "Şaffof quriliş" milliy axborot tizimidagi tegişli elektron reytingda mavjud bölgan loyiha-qidiruv va quriliş-pudrat taşkilotlari ruxsat etiladi. Ular reyestrga 5 yil muddatga kiritiladi.
Uşbu obektlar böyiça davlat xaridlarini taşkil etişda ommaviy axborot vositalari va oçiq elektron platformalarda ma’lumot joylaştirişga yöl qöyilmaydi.
Alohida ajratilgan va toifalangan obektlarni loyihalaştiriş, quriş, rekonstruksiya qiliş, mukammal va joriy ta’mirlaş böyiça xarid komissiyasining yiğilişlari xarid komissiyasi a’zolarining iştirokida yuzma-yuz ötkaziladi.
Yiğiliş jarayonida tenderda qatnaşiş uçun arizalar bilan konvertlar oçiladi, şartlar bajarilişi va xarid hujjatlarida körsatilgan hujjatlarning mavjudligi tekşiriladi. Xarid taşkilotçisi konvertlarni oçişni videoga oladi va videoyozuvni ikki yil davomida saqlaşni ta’minlaydi.












