O‘zbekiston | 10:50 / 13.02.2026
2726
1 daqiqa o‘qiladi

Qamchiq dovoni soat 11:00 da ochiladi, kechga yaqin harakat qayta to‘xtatilishi mumkin

FVV va tegishli idoralar hamkorligida Qamchiq dovonida qor ko‘chkisi xavfini bartaraf etish bo‘yicha profilaktik tadbirlar amalga oshirilgandan so‘ng, 13 fevral kuni soat 11:00 da dovon orqali transport harakati qayta tiklanishi rejalashtirilmoqda. Biroq, prognozga ko‘ra, soat 19:00 atrofida qor ko‘chkisi xavfi yana kuchayishi sabab harakat yana vaqtincha to‘xtatilishi mumkin.

Ma’lum qilinishicha, dovonda xavfni kamaytirish maqsadida zarur profilaktik ishlar olib borilmoqda

Shu munosabat bilan haydovchilar va yo‘lovchilardan yo‘lga chiqishdan oldin rasmiy manbalar orqali harakat holati haqidagi yangilangan ma’lumotlarni tekshirib borish so‘raldi.

Qor ko‘chkisi xavfi tufayli Qamchiq dovoni orqali transport harakati avvalroq vaqtincha to‘xtatilgani xabar qilingan edi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid