Çetsuv Toşkent viloyati Ohangaron tumani tarkibiga kiruvçi qişloqlardan biri. Toğlar bilan öralgan Çetsuv qişloği Qamçiq dovonining qöynida joylaşgan. Aholisi çorvaçilik va dehqonçilik bilan şuğullanadi. Gözal tabiati bilan maşhur bölgan qişloqda yaşovçi Ötkir aka Risboyevning xonadonida bölib, oilaning kunlik yumuşi bilan tanişdik.
Ötkir aka Angren kömir konida ekskavator haydaydi. 2 öğilning otasi bölgan qahramonimiz 60 sotix tomorqasiga olma, nok, gilos daraxtlari ekkan. Asosiy işidan taşqari u çorva parvarişlaydi. Hovlisida tayyorlangan sut mahsulotlarini Qamçiq dovoni yöliga olib çiqib sotadi.


“Çetsuv qişloği bilan faxrlansang arziydi. Şu qişloqda tuğilib ulğaydik. Toğ bağrida mol boqib, yoşligimiz ötdi. Çetsuv qişloğining eng yuqori qismida yaşaymiz. Qişloq Qamçiq dovoniga tutaşgan.

Çetsuv qişloğining havosi musaffo, suvi zilol. Buloq suvidan içamiz. 60 sotix tomorqaga mevali daraxtlar ekkanman. Uning tagida sabzavotlar yetiştiramiz. Meva-sabzavotlar özimizdan çiqadi, sotib olmaymiz. Aholining deyarli hammasi çorvaçilik bilan şuğullanadi.


Dam oliş kunlari toğlarga çiqib, buloq suvidan çoy qaynatib, mollarni boqib, tirikçilik qilib yuribmiz. Özim ekskavatorçiman. Angren kömir konida ekskavatorçi bölib işlayman. Ikki öğilning otasiman. Öğillarim davlat işida işlaydi.


Sigirlarni soğib, qatiq ivitib, qaymoq, sariyoğ tayyorlaymiz. Özimizdan ortganini “pereval” yöliga olib çiqib sotamiz. Qişloqda ayollar uy yumuşi bilan band böladi. Davlat işida işlaydigani kam.















