Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkor Timur Musin Toshkentdagi “Palov muzeyi” va Caravan restoranlarini sotuvga qo‘ydi
Shuningdek, Bo‘stonliqdagi Cinara’s majmuasi ham sotilmoqda. Taniqli restorator bu qarorini O‘zbekistondagi ishbilarmonlik muhitiga ishonchi qolmagani bilan izohladi.
Timur Musin / Foto: weproject.media
Toshkentlik taniqli restorator, Caravan Group tarmog‘i asoschisi Timur Musin uchta biznesini sotuvga qo‘ydi.
Uning poytaxtdagi Palove Muzeyi va Caravan nomli restoranlari hamda Bo‘stonliqdagi Cinara’s majmuasi sotilayotgani haqida OLX'da e’lon berilgan.
Bu uchta aktiv jami 294 mlrd so‘m (24,4 mln dollar)ga baholangan:
- Palove Muzeyi restorani. Mirzo Ulug‘bek tumani Katta Darxon ko‘chasi 55-uy manzilida joylashgan, 5800 kvadrat metr maydonga ega 5 qavatli bino (Salar kanali bo‘yida 20 sotix yondosh yer maydoniga ega) – 150 mlrd so‘m.
- Caravan restorani. Yakkasaroy tumani Abdulla Qahhor ko‘chasi 22-uy manzilida joylashgan, 1800 kvadrat metr maydonga ega bino (7 sotix yer maydonini egallagan) – 45 mlrd so‘m.
- Cinara’s etnografik majmuasi. Salor kanali, Bo‘stonliq tumanida joylashgan, 80 sotix yer maydoniga ega. Nolinchi va birinchi qavatlardan iborat bino maydoni 1400 kvadrat metr – 99 mlrd so‘m.
Ikkita restoran biznesining o‘zini qoplash muddati taxminan 7 yil deb ko‘rsatilgan.
Timur Musin Kun.uz bilan telefon orqali qisqa suhbatda bu qarorini Cinara’s etnografik majmuasi bilan bog‘liq sud jarayonlari ortidan ishbilarmonlik muhitidan xafsalasi pir bo‘lgani bilan izohladi va bu ish tafsilotlari YouTube'dagi kanaliga joylangan videoda keltirib o‘tilganini aytdi.
Videodagi ma’lumotlarga qaraganda, tadbirkor Chorvoq suv omboridan uncha uzoq bo‘lmagan joydagi so‘lim majmuani loyihalashtirish uchun taniqli me’morlarni, xususan yaponiyalik mutaxassis Kozo Ivatanini jalb etgan holda, u yerda etnografik qishloq yaratishga kirishgan. 2014 yilda loyihaning 7 mln dollardan ortiqqa baholangan, 2 gektar maydonni egallagan birinchi bosqichi ishga tushirilgan.

Keyingi bosqichlarda Cinara’s majmuasi akvapark, ikkita mehmonxona, qayiqlar to‘xtash joyi va boshqa xizmat ko‘rsatish obektlarini ham o‘z ichiga olishi ko‘zda tutilgan edi. Ammo ajratilgan yer maydonlarining olib qo‘yilishi va nizoli kompensatsiya kabi muammolar sabab, tadbirkor bir necha yildan beri iqtisodiy va ma’muriy sudlarda hokimiyat idoralari bilan sudlashmoqda.
Mavzuga oid
14:12 / 22.04.2026
Umumiy ovqatlanish tarmoqlari peshlavhalar olib tashlanayotgani bo‘yicha murojaat bilan chiqdi
20:15 / 17.04.2026
O‘zbekistonda qurilayotgan pulli yo‘llar. Narx nimaga qarab belgilanadi?
22:20 / 16.04.2026
Toshkent shahrining 12 ta tumani ma’lum bir sanoat yoki xizmat ko‘rsatish tarmog‘iga ixtisoslashtiriladi
19:00 / 16.04.2026