Toşkentdagi yirik umumiy ovqatlaniş tarmoqlari şahardagi peşlavhalar yoppasiga demontaj qilinayotganidan norozilik bildirib, jamoaviy murojaat bilan çiqdi.

Dodo Pizza, Belissimo Pizza, Evos, Feed Up, KFC va Papa Johns tomonidan imzolangan murojaat – Oliy Majlis Qonunçilik palatasi, Savdo-sanoat palatasi va Biznes-ombudsmanga yöllangan.

Unda qayd etilişiça, 2026 yil boşidan buyon poytaxtda tadbirkorlik sub’yektlarining peşlavhalarini olib taşlaş işlari köpinça tadbirkorlarni oldindan yozma ravişda ogohlantirmasdan, bu talab yuzasidan nizolaşiş yoki ixtiyoriy demontaj qiliş uçun muddat bermasdan amalga oşirilmoqda.

Berilgan xabarnomalarda esa aynan qaysi qonun normasi buzilgani, nomuvofiqlik nimada ekani, qaysi dizayn talablari asos qilib olingani körsatilmayapti. Kamçiliklarni ixtiyoriy bartaraf etiş uçun vaqt berilmayapti.

Murojaat mualliflari bu amaliyot belgilangan tartib va protsessual talablarga zid ekanini, ayrim hollarda esa röyxatdan ötgan tovar belgilariga ham ta’sir qilib, biznesning identifikatsiyasi va intellektual mulk huquqlarini çeklayotganini qayd etgan. Şu bois ular demontaj işlarini vaqtinça töxtatiş, aniq va şaffof qoidalarni tuşuntiriş hamda tadbirkorlar bilan oçiq muloqot ötkazişni söramoqda.

Tadbirkorlar “Tovar belgilari töğrisida”gi hamda “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari töğrisida”gi qonunlarda belgilangan normalarni eslatib ötgan. Xususan, rasmiylarning tovar belgisini şahar dizayn-kodiga moslaş talabi intellektual mulk huquqiga daxl qilişi, bu holat qonuniy tadbirkorlik faoliyatiga tösqinlik qilişi ta’kidlangan.

Ular umumiy ovqatlaniş şoxobçalari fasadidagi peşlavhalarni demontaj qiliş işlarini töxtatiş va biznes-hamjamiyat bilan rasmiylar örtasida uçraşuv taşkil qilişni söramoqda.

“Biz Toşkent şahrini zamonaviy va körkam körinişga keltiriş taşabbuslarini qöllab-quvvatlaymiz, lekin Özbekiston Respublikasi qonunçiligi, huquqiy aniqlik va tadbirkorlarning protsessual huquqlari kafolatlariga rioya qilinişi prinsipial ahamiyatga ega deb hisoblaymiz”, – deyiladi murojaatda.

“Peşlavhalar olib taşlanganidan keyin savdo pasayişni boşladi”

Muammo biznesga qöşimça xarajat yuklamoqda: tadbirkorlar peşlavhalarni qayta tayyorlaş, hujjatlaştiriş yoki butunlay olib taşlaşga majbur bölmoqda. Bundan taşqari, nomsiz qolgan dökon va dorixonalar iste’molçilar uçun ham muammo tuğdiradi – odamlar kerakli joyni topişda qiynaladi, ortiqça vaqt sarflaydi.