Toshkentda bir hafta ichida uchinchi elektrobus YTHga uchradi
Uchtepa tumanida 94-sonli yo‘nalishdagi avtobusga mast haydovchi boshqaruvidagi Lacetti kelib urilgan.
8 iyun kuni soat 12:30 atrofida Toshkent shahri Uchtepa tumanining Guliston ko‘chasida Lacetti va 94-sonli yo‘nalishda qatnovchi Yutong elektrobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.
«Toshshahartransxizmat» kompaniyasi matbuot xizmati xabar berishicha, elektrobus Guliston ko‘chasi orqali Muxlisa va Ahmad bekati oralig‘ida harakatlanayotgan vaqtda yo‘l chetida turgan Lacetti (raqami 01 V 416 VB) haydovchisi mast holatda kutilmaganda yo‘lning qatnov qismiga chiqib elektrobusga urilgan.
Avariya natijasida jarohat olganlar yo‘q. Ikki transport vositasi ham texnik shikastlangan.Toshkent shahrida iyun oyining o‘zida uchinchi bor Yutong elektrobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi kuzatilmoqda.
Bungacha, 5 iyun kuni Yakkasaroy tumanida Lacetti svetoforning qizil chirog‘iga amal qilmasdan harakatlanib, Malibu avtomobiliga urilgan, Malibu esa boshqaruvni yo‘qotib, 81-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi Yutong elektrobusiga kelib urilgan. Natijada, Malibu-2 haydovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
6 iyun kuni esa Mirzo Ulug‘bek tumanida svetoforning qizil chirog‘ida o‘tib harakatlangan Cobalt 89-sonli yo‘nalishdagi Yutong rusumli elektrobusga kelib urilgan, yengil avtomobil haydovchisi voqea joyida halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
15:28
Svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Malibu piyodani urib yuborishiga oz qoldi
20:04 / 21.11.2024
Otasining yoniga ko‘milgan qizaloqlar: opa-singil mast “poygachi”ning qurboni bo‘ldi
11:28 / 21.11.2024
Farg‘onada sodir bo‘lgan YTHda voyaga yetmagan qiz halok bo‘ldi
16:02 / 20.11.2024