8 iyun kuni soat 12:30 atrofida Toşkent şahri Uçtepa tumanining Guliston köçasida Lacetti va 94-sonli yönalişda qatnovçi Yutong elektrobusi iştirokida yöl-transport hodisasi röy berdi.

«Toşşahartransxizmat» kompaniyasi matbuot xizmati xabar berişiça, elektrobus Guliston köçasi orqali Muxlisa va Ahmad bekati oraliğida harakatlanayotgan vaqtda yöl çetida turgan Lacetti (raqami 01 V 416 VB) haydovçisi mast holatda kutilmaganda yölning qatnov qismiga çiqib elektrobusga urilgan.

Avariya natijasida jarohat olganlar yöq. Ikki transport vositasi ham texnik şikastlangan.Toşkent şahrida iyun oyining özida uçinçi bor Yutong elektrobusi iştirokida yöl-transport hodisasi kuzatilmoqda.

Bungaça, 5 iyun kuni Yakkasaroy tumanida Lacetti svetoforning qizil çiroğiga amal qilmasdan harakatlanib, Malibu avtomobiliga urilgan, Malibu esa boşqaruvni yöqotib, 81-sonli yönalişda harakatlanuvçi Yutong elektrobusiga kelib urilgan. Natijada, Malibu-2 haydovçisi tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan.

6 iyun kuni esa Mirzo Uluğbek tumanida svetoforning qizil çiroğida ötib harakatlangan Cobalt 89-sonli yönalişdagi Yutong rusumli elektrobusga kelib urilgan, yengil avtomobil haydovçisi voqea joyida halok bölgandi.