Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2018 yildan keyin qurilgan noqonuniy uylarning taqdiri nima bo‘ladi?
Davlat kadastrlari palatasi raisi Mohir Valiyevning ta’kidlashicha, 2018 yil 1 maydan keyin o‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy turar joylarga kadastr hujjatlari rasmiylashtirilmaydi. “O‘zbekiston aholisi ko‘payib boryapti, lekin yeri kengayayotgani yo‘q. O‘sha bor yeri, bundan unumli foydalanishimiz kerak. Tegishli qarorlar bilan noqonuniy yerlarni o‘zlashtirishga bir necha marta aksiya berildi. Endi buni 2018 yildan keyingilarga ham qilsak va aniq muddatini belgilamasak, kecha qurilib loyi qotmagan uyni egallab olib, shunga ham huquq beringlar degan narsalar bo‘lishi mumkin”, dedi u.
Joriy yilning 2 iyul kuni Kadastr agentligi tomonidan “Ko‘p kvartirali uylar reyestri” axborot tizimining taqdimotiga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etiladi. Kun.uz muxbiri rasmiylarga “2018 yildan keyin qurilgan noqonuniy uylarning taqdiri nima bo‘ladi?” degan savol bilan yuzlandi. Davlat kadastrlari palatasi raisi Mohir Valiyevning ta’kidlashicha, qonunda belgilangan muddatlardan keyin qurilgan noqonuniy turar joylarga huquq berilmaydi.
“Qonunda 2018 yil 1 maygacha bo‘lgan bino-inshootlar deyilgan. Undan keyin qurilganlar noqonuniy. Biz cheklov qo‘yishimiz kerak. O‘zbekiston aholisi ko‘payib boryapti, lekin yeri kengayayotgani yo‘q. O‘sha bor yeri, bundan unumli foydalanishimiz kerak. Tegishli qarorlar bilan noqonuniy yerlarni o‘zlashtirishga bir necha marta aksiya berildi. Endi buni 2018 yildan keyingilarga ham qilsak va aniq muddatini belgilamasak, kecha qurilib loyi qotmagan uyni egallab olib, shunga ham huquq beringlar degan narsalar bo‘lishi mumkin. Aholimiz ko‘payishini hisobga olgan holda biz yerni asrashimiz kerak. Shuning uchun, 2018 yil 1 maydan keyingi davrda kosmik suratlardan aniqlangan uy-joylarga huquq berilmaydi”, dedi u.
Mavzuga oid
08:25
Toshkentda uyni ikki marta sotgan aka-ukaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
22:34 / 05.06.2026
Qurilganiga 50 yildan oshgan uylarni qayta rejalashtirish taqiqlandi
09:46 / 26.05.2026
Toshkentda uy savdosi bilan bog‘liq mojaro tergov qilinmoqda
09:01 / 25.05.2026