Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yana elektrobus va yengil avtomobil ishtirokida YTH yuz berdi
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida yengil avtomobil haydovchisi vafot etdi. U svetoforning qizil chirog‘ida o‘tib harakatlangan.
Foto: Toshkent shahar IIBB
6 iyun kuni soat 15:20 larda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Do‘rmon yo‘li - G‘azalkent ko‘chalari kesishgan chorrahada, Yutong rusumli elektrobus hamda Cobalt rusumli avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
YTH oqibatida Cobalt avtomashinasi haydovchisi shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, yengil mashinaning jarohatlangan bir yo‘lovchisi shifokorlar nazoratida qolmoqda.
«Toshshahartransxizmat» AJ matbuot xizmati ham ushbu yo‘l-transport hodisasi yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
«Joriy yilning 6 iyun kuni soat 15:20 larda, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Do‘rmon yo‘li va G‘azalkent ko‘chalari kesishmasi oldida 89-sonli «Qorasuv1-dahasi - Chorsu AShB» yo‘nalishda harakatlanayotgan, Yutong rusumli elektrobus (haydovchi 31.01.1958 y.t., Lomanov Sergey Alekseyevich) Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan harakatlanib kelib, G‘azalkent ko‘chasiga chorrahadan chapga burilayotgan vaqtda, Do‘rmon yo‘li ko‘chasi bo‘ylab Tohir Malik ko‘chasi kesishmasi tomonga harakatlangan Cobalt rusumli avtomobil (haydovchisi 2003 y.t. Yakubov Fazliddin Shodmon o‘g‘li) svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘iga harakatlanib kelib elektrobusning old yon qismiga to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan», deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
- 5 iyun kuni ham Toshkentda Malibu-2, Lacetti va elektrobus ishtirokida YTH sodir bo‘lgandi.
Mavzuga oid
21:37 / 13.12.2025
Andijonda 80ta yangi avlod elektrobuslari aholiga xizmat ko‘rsatishni boshladi
08:37 / 18.11.2025
Toshkentda yo‘nalishli qatnovlarga yangi Yutong elektrobusi chiqariladi
23:40 / 10.11.2025
Norvegiyada Xitoyning Yutong avtobuslari xavfsizligidan xavotir paydo bo‘ldi
16:10 / 27.10.2025