6 iyun kuni soat 15:20 larda Toşkent şahri Mirzo Uluğbek tumani Dörmon yöli - Ğazalkent köçalari kesişgan çorrahada, Yutong rusumli elektrobus hamda Cobalt rusumli avtomaşina iştirokida yöl-transport hodisasi sodir böldi.
YTH oqibatida Cobalt avtomaşinasi haydovçisi şifoxonada vafot etgan. Şuningdek, yengil maşinaning jarohatlangan bir yölovçisi şifokorlar nazoratida qolmoqda.
«Toşşahartransxizmat» AJ matbuot xizmati ham uşbu yöl-transport hodisasi yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
«Joriy yilning 6 iyun kuni soat 15:20 larda, Mirzo Uluğbek tumanidagi Dörmon yöli va Ğazalkent köçalari kesişmasi oldida 89-sonli «Qorasuv1-dahasi - Çorsu AŞB» yönalişda harakatlanayotgan, Yutong rusumli elektrobus (haydovçi 31.01.1958 y.t., Lomanov Sergey Alekseyeviç) Dörmon yöli köçasidan harakatlanib kelib, Ğazalkent köçasiga çorrahadan çapga burilayotgan vaqtda, Dörmon yöli köçasi böylab Tohir Malik köçasi kesişmasi tomonga harakatlangan Cobalt rusumli avtomobil (haydovçisi 2003 y.t. Yakubov Fazliddin Şodmon öğli) svetoforning taqiqlovçi qizil çiroğiga harakatlanib kelib elektrobusning old yon qismiga töqnaşib, yöl-transport hodisasini sodir etgan», deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB Tergov boşqarmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov davom etmoqda.
- 5 iyun kuni ham Toşkentda Malibu-2, Lacetti va elektrobus iştirokida YTH sodir bölgandi.

















