Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim shaxslarga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoni beriladi
Foto: Fotolia
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Qonun bilan Soliq kodeksiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi.
Soliq kodeksining 99-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, Davlat soliq qo‘mitasi soliqlarni, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni belgilangan tartibda mol-mulkni garovga bermagan holda, kafilliksiz yoki bank kafolatisiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini taqdim etishga haqli ekanligi belgilandi (bundan daromad solig‘i, ijtimoiy soliq, to‘lov manbaida olinadigan foyda solig‘i mustasno).
100-moddaga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, faoliyatni 3 yildan ortiq vaqtdan buyon amalga oshirayotgan, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lagan, ammo moliyaviy ahvoli soliq qarzini muddatida to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmagan manfaatdor shaxslarga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilishi mumkin.
Kodeksning 378-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, soliq to‘lovchining O‘zbekiston professional (kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar) va oliy ta'lim tashkilotlarida ta'lim olish (o‘zining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta'lim olishi) uchun yo‘naltiriladigan daromadlari soliqqa tortilmaydi (ilgari ushbu imtiyoz faqat oliy ta'lim bo‘yicha tatbiq etilgan).
Mavzuga oid
19:12
Ariq va irrigatsiya tizimlarini ko‘mib tashlaganlar jarimaga tortiladi
23:08 / 04.04.2026
Hayvonlarni shafqatsiz munosabatdan himoya qilish bo‘yicha alohida qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda
15:56 / 25.03.2026
Qirg‘izistonda yo‘lda janjallashganlardan haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yilishi mumkin
12:21 / 18.03.2026