O‘zbekiston | 15:51 / 18.01.2021
1387
1 daqiqa o‘qiladi

Korxonalarda atrof-muhitning ifloslanish manbalari monitoringi o‘rnatiladi

Atrof-muhitning ifloslanish darajasi holatini baholash mexanizmlari takomillashtiriladi. Bu haqda Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida aytilgan.

Qayd etilishicha, normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:

  • 2021–2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit monitoringi dasturini tasdiqlash;
  • korxonalarda atrof-muhitning ifloslanish manbalari monitoringi va davlat ekologik nazoratini o‘rnatish;
  • atrof-muhit monitoringi tizimining ishlash sifatini oshirish;
  • atrof-muhitning ifloslanish darajasi holatini muntazam baholash va prognoz qilishni ta'minlash nazarda tutiladi.

Bajarish muddati - 2021 yil 1 aprel, mas'ullar - Davlat ekologiya qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, O‘zgidromet, manfaatdor vazirlik va idoralar  .

Mavzuga oid