Texnologiya | 09:38 / 02.12.2016
3148
3 daqiqa o‘qiladi

PogoTec kompaniyasi ko‘zoynaklarni gadjyetlar olib yuriladigan platformaga aylantirmoqchi

Foto: hi-news.ru

Ko‘zoynaklarga o‘rnatilgan fotokameralar bugungi kunda yangilik emas. Shunga o‘xshash ko‘zoynaklarni ishlab chiqarish va sotishga urinishlar avval ham bo‘lgan, biroq bunday ko‘zoynaklar Snapchat‘ning kamerali ko‘zoynaklari Spectacles paydo bo‘lgandan keyin haiqatda ommalashib ketdi. Bu ko‘zoynak ommalashib, yaxshi sotila boshlagandan keyin ko‘pchilik kompaniyalar hozircha raqobatchilar ko‘p bo‘lmagan bu sohaga kirish uchun bunday ko‘zoynaklarni yaratish haqida o‘ylanib qoldilar.

Shunday kompaniyalardan biri PogoTec bo‘lib, uning ishlanmasi boshqacharoq, ya'ni modulli yo‘l bilan ketmoqda. Bu kompaniya kamerali ko‘zoynaklar emas, balki ularga kameralar yaratadi. Buning uchun ko‘zoynakning metall gardishini olib, uni magnitlab, unga kamerani yopishtirib qo‘yish kifoya qiladi va qarabsizki, o‘zingizning sevimli ko‘zoynaklaringizdan ayrilmagan holda suratga yoki videotasvirga olishingiz mumkin bo‘ladi. Bunda asosiysi bu kameralarni 129 dollarga sotib olishni unutmaslik kerak.

"Ko‘zoynaklar eng qadimiy taqib yuriluvchi gadjyetlardan biri, ular 700 yildan beri mavjud, shuning uchun biz ularni turli audiovizual qurilmalar uchun o‘ziga xos platformaga aylantirishga qaror qildik", deb aytmoqda kompaniya vakili.

Kompaniya rejalarida nafaqat foto va videotasvir uchun kameralar yaratish bor. Ma'lum qilinishicha, kelajakda ko‘zoynak gardishiga o‘rnatish mumkin bo‘lgan boshqa qurilmalar ham paydo bo‘ladi. Kompaniya vakillari bular haqda yanvarda o‘tadigan Consumer Electronics Show ko‘rgazmasida batafsil ma'lumot berishmoqchi.

Ko‘rinishicha, kompaniya ishlari yomon ketmayotganga o‘xshaydi, biroq qurilmaning o‘ziga bir nechta savol tug‘ilmoqda, chunki kamera 5 Mpli, uning xotirasi esa bor-yo‘g‘i bir necha yuz suratga yoki 720 r sifatdagi 12 ta 10 soniyalik roliklarga yetadi. Unda shuningdek ma'lumotlarni simsiz uzatish imkoniyati yo‘q. Kameraga olingan surat yoki roliklarni kompyuter yoki smartfonga tashlash uchun maxsus perexodnik kerak bo‘ladi. Biroq, yanvargacha hali vaqt bor va qurilmadagi bu kamchiliklar bartaraf etilishi ham mumkin.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid