Qonunçilikka kiritilgan özgartişlarga köra, yöl harakati qoidalarini buziş holatlari faqat YHX xodimlari tomonidan emas, balki yöllarda örnatilgan kameralar orqali qayd etilgan taqdirda ham jarima ballari hisoblanadi. Bu esa haydovçilar mas’uliyatini oşiriş va qoidabuzarliklarni kamaytirişga qaratilgan.

Şu bilan birga, yangi tartibga asosan jarima ballarini taqsimlaş mexanizmi ham joriy etilmoqda. Unga köra, agar transport vositasini uning mulkdori emas, balki boşqa şaxs işonçnoma, suğurta polisi yoki yöl varaqasi asosida boşqargan bölsa, jarima ballari aynan qoidabuzarlikni sodir etgan haydovçiga yuklanişi mumkin.

Mazkur özgarişlar yöllarda intizomni mustahkamlaş, adolatli javobgarlikni ta’minlaş va qoidabuzarliklar sonini qisqartirişga xizmat qiladi.