TIV: 5 yil ichida O‘zbekistonda xorijlik sayyohlar uchun viza olish tizimida katta o‘zgarishlar bo‘ladi
21 aprel kuni Toshkentdagi "Media Holl" majlislar zalida vazirlik va idoralar, shuningdek OAV vakillari ishtirokida Harakatlar strategiyasining birinchi chorak natijalariga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi. Ta'kidlash joizki, 2017 yilning 1 mart kuni "Taraqqiyot strategiyasi" markazi rasman o‘z ishini boshlagan.
Markazning asosiy vazifalaridan biri - jamoatchilik va davlat idoralari o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik rolini bajarish. Shu sa'y-harakatlar natijasida o‘tkazilgan bugungi tadbirda jurnalistlar o‘z savollarini davlat idoralari xodimlariga yo‘llashdi.
"Kun.uz" muxbiri ham Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Javlon Vahobovga quyidagi savol bilan murojaat qildi: "Ayni damda mamlakatimizda turzim sohasi tobora rivojlanib borayotgani quvonarli holat. Xorijdan yurtimizni tomosha qilish uchun keladigan sayyohlarga viza tizimini osonlashtirish, ayniqsa, nafaqaxo‘r va guruh bo‘lib sayohat qiluvchi Yaponiya, Koreya, Italiya, Germaniya, Shvetsiya, Skandinaviya kabi davlat vakillariga viza olishni keskin osonlashtirish choralari qay darajada amalga oshirilmoqda?"
"Bu masala yuzasidan 4-5 oy davomida jiddiy islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha ko‘plab ishlar ko‘rib chiqilmoqda. Yaqin 5 yil ichida bu masala bo‘yicha aniq bir yechimni topish maqsad qilingan. 2021 yilga kelib xorijlik sayyohlar, jumladan, siz yuqorida ta'kidlab o‘tgan nafaqa yoshidagi va guruh bo‘lib yuruvchi sayyohlar uchun viza olish jarayonini mutlaq yengillashtirish ishlari to‘liq amalga oshiriladi. Shu o‘rinda, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Tinch okeani ortidagi mamlakatlar, jumladan, Janubiy Koreya, Yaponiya davlatlari fuqarolari ham vizalarni oson qo‘lga kiritishlari uchun imkon yaratiladi", - deya javob berdi TIV birinchi o‘ribosari Javlon Vahobov.
Mavzuga oid
11:12 / 17.11.2024
2024 yil 10 oyda O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni ma’lum qilindi
18:48 / 05.11.2024
Green Card uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish 2 kunga uzaytirildi
10:26 / 03.11.2024
O‘zbekistonga xorijdan kelgan sayyohlar soni ma’lum qilindi
22:25 / 04.10.2024