Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
Fransiya prezidentining rafiqasi Brijit uning yuzini itarib yuborgan payti kameraga tushib qolgan. Emmanuel Makronning o‘zi buni janjal emas, balki oilaviy hazil natijasi deb atadi.
Foto: Videodan kadr
Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasi tomonidan itarib yuborilgani hazil bo‘lib, oilaviy janjal natijasi emas, deya ma’lum qildi 26 may, dushanba kuni Fransiya rahbari. Avvalroq Yelisey saroyi vakili voqeani «prezident va uning rafiqasining safar boshlanishidan oldingi hazili» deb ta’riflagandi.
Bir kun avval Fransiya prezidentining samolyoti Vetnamga qo‘ndi. Keyinroq AP axborot agentligi fransuz birinchi xonimining qo‘llari Makronning yuzini itarib tashlagani aks etgan kadrlarni e’lon qildi. O‘zining suratga olinayotganini anglagan davlat rahbari jilmayib, qo‘lini silkitgan. Er-xotin birga samolyot zinapoyasidan pastga tushishgan, biroq Brijit Makron erining qo‘lini olishdan bosh tortgan.
Voqea haqida Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova izoh berdi. «Dunyo prezident samolyoti Xanoyga yetib kelganida Makron rafiqasidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarni ko‘rdi. Lekin eng qizig‘i bu emas, balki Yelisey saroyining bu safar yana bir emmanuel-geyt uchun nimani o‘ylab topishidadir», deb yozdi u Telegram-kanalida.
Mavzuga oid
21:51 / 20.01.2026
Tramp Yevropa rasmiylarining o‘ziga yozgan xabarlarini e’lon qilib yubordi
20:07 / 20.01.2026
«Imperiya ambitsiyalari yana yuzaga chiqmoqda» – Makron Davos forumida Amerikaga qarshi nutq so‘zladi
11:33 / 20.01.2026
Tramp Makronga 200 foizlik boj kiritish bilan tahdid qildi
20:54 / 18.01.2026