Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Makronga 200 foizlik boj kiritish bilan tahdid qildi
Donald Tramp jurnalistlar Makron uning G‘azo bo‘yicha tinchlik kengashiga qo‘shilish taklifini rad etishi mumkinligini aytishganidan so‘ng ana shunday bayonot berdi.
Foto: REUTERS
AQSh prezidenti Donald Tramp Fransiya prezidenti Emmanyuel Makronga fransuz vino va shampanlariga 200 foizlik boj kiritish bilan tahdid qildi.
Tramp jurnalistlar Makron uning G‘azo bo‘yicha tinchlik kengashiga qo‘shilish taklifini rad etishi mumkinligini aytishganidan so‘ng ana shunday bayonot berdi.
«Xo‘sh, u hech kimga kerak emas, chunki yaqinda lavozimini tark etadi... Uning vino va shampanlariga 200 foizlik bojlar kiritaman va u qo‘shiladi», — dedi AQSh prezidenti jurnalistlarga.
Emmanyuel Makronning prezidentlik muddati kelasi yili yakuniga yetadi. U navbatdagi saylovlarda qatnashmasligini bildirgan.
16 yanvar kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Tinchlik kengashini shakllantirishi haqida ma’lum qildi. Tinchlik kengashi ijroiya kengashiga quyidagilar kirgan: Tramp – kengash raisi sifatida, AQSh davlat kotibi Marko Rubio, AQSh prezidentining Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff, Trampning kuyovi Jared Kushner, Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler, amerikalik tadbirkor Mark Rouen (Forbes uning boyligini 8,2 mlrd dollar deb baholaydi), Jahon banki rahbari Ajay Banga, milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi o‘rinbosari Robert Gebriel.
Tramp shuningdek, dunyoning qator yetakchilari, jumladan, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Tinchlik kengashiga a’zo bo‘lish uchun taklif yuborgan. Prezident O‘zbekiston Tinchlik kengashiga ta’sischi davlat sifatida qo‘shilishga tayyorligini bildirgan.
Mavzuga oid
21:52 / 19.01.2026
O‘zbekiston AQShda uchta yangi konsullik ochadi - elchi
21:49 / 19.01.2026
Eron prezidenti Oliy rahbarga suiqasd urush e’lon qilishga barobarligini aytdi
18:46 / 19.01.2026
Tramp Nobel mukofotini olmagach, endi tinchlik haqida qayg‘urishga majbur emasligini aytdi
18:39 / 19.01.2026