Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arzon uy-joylar uchun dastlabki badal summasi kamaytirildi
Foto: KUN.UZ
2018 yilda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar va shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylar qurish dasturlarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq arzon uy-joylarning dastlabki badali quyidagicha belgilandi:
1) qishloq joylarda:
0,02 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki, uch, to‘rt, besh qavatli ko‘p kvartirali (2 va 3 xonali) va 2, 3 xonali bir qavatli arzon uy-joylar uchun – 10 foiz miqdorida;
0,04 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan arzon uy-joylar va 0,06 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan 3, 4 va 5 xonali arzon uy-joylar uchun – 25 foiz miqdorida;
2) shaharlarda dastlabki badalning tabaqalashtirilgan miqdorini amaliyotga joriy etgan holda o‘rtacha 15 foiz miqdorida.
Mazkur ipoteka kreditlari 2018 yil 1 iyuldan 2020 yil 1 yanvargacha bo‘lgan davrda 20 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr hamda birinchi 5 yil mobaynida yillik 7 foiz stavkasi bilan va keyingi davrda Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida beriladi.
Eslatib o‘tamiz, arzon uy-joylar uchun dastlabki badal shu kunga qadar sotib olinadigan uy-joy qiymatining kamida 25 foizini tashkil etishi lozim edi.
Mavzuga oid
11:12 / 21.06.2024
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer va unda qurilgan uy-joylarga nisbatan mulk huquqi rasmiylashtiriladi
20:25 / 10.05.2019
«Yashash uchun xavfli!» - Urganch shahridagi sifatsiz qurilgan ko‘pqavatli uylar mojarosi
21:34 / 17.03.2019
Jomboyda uyidan ajralayotganlar adolat istamoqda. Muammoga yechim bormi?
17:07 / 24.10.2016