Senatning ellik uçinçi yalpi majlisida “Özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inşootlarga bölgan huquqlarni e’tirof etiş töğrisida”gi qonun muhokama qilindi.

Qayd etilişiça, qonunning maqsadi özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalari hamda ularda qurilgan bino va inşootlarga bölgan huquqlarni e’tirof etiş sohasidagi munosabatlarni tartibga solişdan iborat.

Qonun bilan quyidagi yer uçastkalari hamda bino va inşootlarga nisbatan bölgan huquqlarni e’tirof etiş belgilanmoqda:

  • fuqarolar tomonidan 2018 yil 1 mayga qadar yakka tartibda uy-joy quriş orqali özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inşootlarga;
  • 2018 yil 1 mayga qadar fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan hujjatlarda körsatilgan yer uçastkasi maydonidan ortiqça egallagan yer uçastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inşootlarga;
  • “bir martalik aksiya” doirasida huquqlarni e’tirof etiş oxiriga yetmagan yer uçastkasi hamda unda qurilgan bino va inşootlarga;
  • 2021 yil 8 iyunga qadar tuman (şahar) hokimining qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari kengaşi tomonidan öz vaqtida tasdiqlanmagan yer uçastkalariga;
  • fuqarolarning boğdorçilik va uzumçilik şirkatlari hududidagi turar joylariga hamda ular egallagan yer uçastkasiga;
  • 2020 yil 9 martga qadar kiçik sanoat zonalari hududiga joylaştirilgan tadbirkorlik sub’yektlarining yaşaş uçun möljallanmagan binolari va inşootlari yoki ularning qismlari joylaşgan yer uçastkasiga;
  • xususiylaştirilgan binolar va inşootlar egallagan yer uçastkasiga;
  • fuqarolarning, tadbirkorlik sub’yektlarining qonunçilikka muvofiq mulk (egalik qiliş) huquqi e’tirof etilgan binolari va inşootlari egallagan yer uçastkasiga.

Qonunda özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalari va unda qurilgan binolar va inşootlarga bölgan huquqlarni e’tirof etişning şartlari ham belgilangan. Xususan, özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkasi boşqa şaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qöyilmaganligi, yer uçastkasidan foydalanişda nizo yöqligi, yer va mol-mulk soliği böyiça qarzdorlik mavjud emasligi, şirkat a’zosi bölganligi, investitsiya va boşqa majburiyatlar töliq bajarilgan bölişi lozim.