Özbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev 21 oktabr kuni «2017—2021 yillarda qişloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar böyiça arzon uy-joylar quriş dasturi töğrisida»gi qarorni imzoladi.

Keyingi yillarda qişloq joylarda aholi uçun namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylar quriş böyiça keng kölamli işlar amalga oşirilganligi qayd etilsin. Faqat 2009-2016 yillar davrida qişloq joylarda 1308 turar joy massivida umumiy maydoni 9 573 ming kvadrat metr bölgan 69 557 ta şinam uy-joy qurildi. Qişloqlardagi 83,5 mingdan ortiq oilaning yaşaş şaroiti yaxşilandi.

Körilgan çora-tadbirlar oilalarni zamonaviy, sifatli, şinam uy-joy bilan ta'minlaşga, qişloqda yangi muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini şakllantirişga kömaklaşdi, qişloqning qiyofasini yangi darajaga kötariş va şu asosda qişloq aholisining hayot darajasini yaxşilaş va dunyoqaraşini özgartiriş imkonini berdi.

Şu bilan birga, uşbu sohani örganiş aholining real ehtiyojlari va xarid qobiliyatini, şuningdek milliy mentalitetni va qişloq joylarda yaşaş şaroitlarining xususiyatlarini töliq hisobga olib quriliş samaradorligini oşirişga yönaltirilgan prinsipial jihatdan yangi yondaşuvlarni işlab çiqiş zarurligini körsatdi.

Qişloq joylarda aholining keng qatlamlarini zamonaviy va şinam uy-joy bilan ta'minlaş darajasini tubdan oşiriş maqsadida:
1. Quyidagilar qişloq joylarda uy-joy qurilişini yanada rivojlantirişning asosiy yönalişlari etib belgilansin:
yaşaş uçun ijtimoiy-maişiy şart-şaroitlarni yaxşilaş, qişloq aholisining zamonaviy, sifatli, şinam, arzon uy-joyga bölgan ehtiyojlarini qondiriş;
qişloq joylarda uy-joylar quriş uçun ajratilgan turar joy massivlarida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini va transport tarmoqlarini birgalikda rivojlantiriş;
konstruktiv va arxitektura-rejalaştiriş yeçimlarini optimallaştiriş hisobiga loyiha-qidiruv va quriliş-montaj işlari, şuningdek barpo etilayotgan uylar tannarxini pasaytiriş;
energiyani tejaydigan materiallar va asbob-uskunalarning yangi turlaridan foydalanişni kengaytiriş;
joylarda quriliş industriyasini rivojlantiriş, pudrat taşkilotlarining quvvatlarini köpaytiriş, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş;
uy-joy qurilişi uçun ajratiladigan yer resurslaridan oqilona foydalanişni ta'minlaş;