Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xivada «Boqiy shahar» konsepsiyasi asosida yangi hudud barpo etiladi
Xiva shahrida turizm va xalqaro tadbirlar infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra, shaharda zamonaviy Congress Hall majmuasi hamda tarixiy Xiva me’morchiligi uslubida «Boqiy shahar» barpo etilishi rejalashtirilgan.
Foto: Videodan kadr
Loyihaning umumiy qiymati 70 million AQSh dollarini tashkil etadi. Majmua hududida qo‘shimcha ravishda 150 milliard so‘mlik zamonaviy 3 yulduzli mehmonxona qurilishi ham olib borilmoqda.
Qurilish ishlari joriy yilning yanvar oyi o‘rtalarida boshlangan bo‘lib, ayni paytda loyiha ikkinchi bosqichga o‘tgan. Rejaga ko‘ra, asosiy qurilish ishlari 15 iyulga qadar yakunlanishi, majmua esa 2026 yil avgust oyining o‘rtalarida to‘liq foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan.
Qayd etilishicha, Congress Hall yirik xalqaro forumlar, konferensiyalar va madaniy tadbirlarni o‘tkazish uchun zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘ladi. Bu esa Xivaning nafaqat turizm markazi, balki xalqaro muloqot va biznes uchrashuvlari o‘tkaziladigan nufuzli maydonga aylanishiga xizmat qiladi.
Shuningdek, majmua yonida Xivaning milliy me’moriy an’analarini aks ettiruvchi «Boqiy shahar» konsepsiyasi asosida yangi hudud shakllantiriladi. Loyiha amalga oshirilishi natijasida yangi ish o‘rinlari yaratilishi, xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlanishi hamda shaharning investitsiyaviy jozibadorligi yanada oshishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
14:58 / 02.04.2026
Aholi norozi: Toshkentda futbol maydonchasi va daraxtlarga qurilish xavf solmoqda
17:29 / 31.03.2026
Yangi uylarning tomi ham bazalt bilan qoplanadi
14:26 / 31.03.2026
Quruvchilarga yangi ekologik majburiyatlar yuklandi
21:21 / 26.03.2026