O‘zbekiston | 08:32 / 28.03.2022
7611
2 daqiqa o‘qiladi

Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash masalasini adliya organi bilan kelishish tartibi o‘zgaradi

Foto: Fotolia

Adliya vazirining “Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i loyihasi e’lon qilindi.

Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, nizom 3-bandi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldiriladi:

“Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimlari adliya organlari bilan lavozimiga tayinlanishi kelishilgan kundan boshlab bir yil davomida boshqa davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatiga ishga o‘tganda adliya organlari bilan suhbatdan o‘tkazilmasdan kelishilishiga yo‘l qo‘yiladi, yuridik xizmat rahbari va uning o‘rinbosari lavozimlari bundan mustasno”.

Davlat organlari va tashkilotlari nomzodni lavozimga tayinlash masalasini kelishish uchun tegishli adliya organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • davlat organi va tashkiloti rahbarining nomzodni lavozimga tavsiya etish to‘g‘risidagi taqdimnomasi;
  • nomzodning nizom 1- va 2-ilovalariga muvofiq shakldagi ma’lumotnomasi va yaqin qarindoshlari haqidagi ma’lumot.

Yuridik xizmat xodimi lavozimiga kelishish uchun bir yoki undan ortiq nomzodlar tavsiya etilganda, mazkur hujjatlar har bir nomzod uchun alohida taqdim etiladi.

Suhbat jarayonidagi nomzodga beriladigan savollar va ularning javoblari, komissiya a’zolari tomonidan nomzodga qo‘yilgan ballar hamda suhbatning umumiy natijalari “Yurist-adliya” elektron tizimida qayd etib boriladi.

Mavzuga oid