«Cud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillaştiriş va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, nodavlat sud-ekspertiza taşkilotlarining ixtiyoriy a’zoligiga asoslangan Özbekiston sud ekspertlari palatasi taşkil etiladi.

Şuningdek, nodavlat sud ekspertlarining kasbiy va amaliy tayyorgarlik darajasini aniqlaş, ularning noqonuniy harakatlari bilan boğliq holatlarning adolatli körib çiqilişini ta’minlaş uçun Adliya vazirligi huzurida Ekspert-malaka komissiyasi faoliyati yölga qöyiladi.

2025 yil 1 noyabrdan ma’muriy huquqbuzarlik töğrisidagi işlar böyiça şartnoma asosida advokat söroviga köra sud-ekspertiza taşkilotlarida ekspertiza ötkaziş tartibi joriy etiladi.

2025 yil 1 dekabrdan nodavlat sud ekspertlariga yakka tartibda sud-ekspertlik byurosi şaklida faoliyat yuritiş huquqi beriladi.

2025 yil 15 dekabrdan şaxslar uçun X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markaziga ekspertiza tadqiqotlari ötkaziş böyiça «Sud-ekspert» portali orqali onlayn murojaat qiliş imkoniyati yaratiladi.

2026 yildan 1 yanvardan Respublika sud ekspertizasi markazi sud ekspertlari obektlarni közdan keçiriş uçun joylarga çiqqanda majburiy ravişda mobil videokameradan (bodikamera) foydalanişi tartibi yölga qöyiladi.