Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2024 yil uchun zakot, fitr sadaqasi va fidya miqdori e’lon qilindi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi 2024 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqasi va fidya miqdori bo‘yicha qarorini e’lon qildi.
Foto: Getty Images
Qarorga ko‘ra, zakot nisobi 40 mln so‘m etib belgilandi. Ya’ni kimda zarur ehtiyojidan tashqari 40 mln so‘m va undan ortiq pul mablag‘i yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moli bo‘lsa, jami mablag‘ining qirqdan birini (2,5 foizi) zakot niyatida haqdorlarga beradi.
Fitr sadaqasining miqdori quyidagicha belgilandi:
- bug‘doydan – 14 ming so‘m;
- arpadan – 20 ming so‘m;
- mayizdan – 110 ming so‘m;
- xurmodan – 180 ming so‘m.
Qayd qilinishicha, har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini berishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, fidya miqdori fitr sadaqasining miqdori bilan bir xil bo‘ladi. Har kim o‘z imkoniyatiga qarab, ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fidya miqdorini ajratishi kifoya qiladi.
Mavzuga oid
17:28 / 24.03.2023
2023 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi
18:20 / 15.04.2022
“Assoodiq” loyihasi yangi “Zakot” kitobini chop etdi
14:32 / 01.04.2022
2022 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi
15:27 / 09.04.2021