Özbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo hay'ati qaroriga köra, milodiy 2021 (hijriy 1442) yilgi zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi.
«Hay'at qaroriga binoan zakotning tillodan nisobi 85 gramm bölib, bugungi kunda 1 gramm tilloning örtaça narxi 320 000 (uç yuz yigirma ming) söm ekani e'tiboridan, bu yilgi zakot nisobi 27 200 000 (yigirma yetti million ikki yuz ming) söm deb belgilandi.
Şunga köra, zarur ehtiyojdan taşqari bir yil davomida 27 200 000 (yigirma yetti million ikki yuz ming) söm va undan ortiq mablağga ega bölgan musulmon kişi jami mablağining qirqdan biri (1/40)ni hisoblab, uni zakot niyatida kambağal va faqirlarga beradi.
Fitr sadaqasining miqdori buğdoydan yarim so' (2 kg), arpadan bir so' (4 kg), mayizdan yarim so' (2 kg) va xurmodan bir so' (4 kg)dir.
Bugungi kunda mazkur mahsulotlarning Toşkent şahar bozorlaridagi narxlari örganilganda 1 kg buğdoy örtaça 5 ming söm, 1 kg arpa örtaça 3,5 ming söm, 1 kg mayiz örtaça 40 ming söm va 1 kg xurmo örtaça 35 ming söm ekani ma'lum böldi.
Şunga köra, fitr sadaqasining miqdori:
- buğdoydan 2 kg — 10 000 (ön ming) söm;
- arpadan 4 kg — 14 000 (ön tört ming) söm;
- mayizdan 2 kg — 80 000 (sakson ming) söm;
- xurmodan 4 kg — 140 000 (bir yuz qirq ming) söm deb belgilandi.
Har kim öz imkoniyatiga qarab, uşbu tört mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini bersa kifoya qiladi.
Fidya miqdori bir miskinning bir kunlik oziq-ovqati qiymatida bölib, bugungi kunda bu örtaça 25 000 (yigirma beş ming) sömga töğri kelganidan, bu yilgi fidya miqdori bir kun uçun 25 000 (yigirma beş ming) söm, bir oyga 750 000 (yetti yuz ellik ming) söm deb belgilandi.
Ma'lumot uçun, mazkur qiymatlar Toşkent şahar bozorlaridagi narxga asosan belgilandi. Har bir viloyat öz bozorlaridagi narxga qarab fitr sadaqasini belgilaydi», deyiladi Özbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo hay'ati qarorida.
Zakot, fitr, fidya kabi moliyaviy ibodatlar haqida quyidagi havola orqali batafsil tuşunib oliş mumkin.
Zakot, fitr va fidya: kimlar tomonidan va qança miqdorda beriladi?











