«Zakotning tillodan nisobi 85 gramm bölib, bugungi kunda 1 gramm tilloning örtaça narxi 400 000 (tört yuz ming) söm ekani e’tiboridan, bu yilgi zakot nisobi 34 000 000 (öttiz tört million) söm deb belgilandi», - deyiladi Musulmonlar idorasi raisi tomonidan imzolangan qarorda.

Şunga köra, zarur ehtiyojdan taşqari bir yil davomida 34 million söm va undan ortiq mablağga yoki uşbu qiymatdagi savdo-tijorat moliga ega bölgan musulmon kişi jami mablağining qirqdan biri (1/40)ni hisoblab, uni zakot niyatida kambağal va faqirlarga beradi.

Şuningdek, Fitr sadaqasi miqdori

  • buğdoydan 2 kg — 10 000 (ön ming) söm;
  • arpadan 4 kg — 16 000 (ön olti ming) söm;
  • mayizdan 2 kg — 100 000 (yuz ming) söm;
  • xurmodan 4 kg — 160 000 (bir yuz oltmiş ming) söm deb belgilandi.

Har kim öz imkoniyatiga qarab, uşbu tört mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini bersa kifoya qiladi.

Fidya miqdori esa «Bir miskinning bir kunlik oziq-ovqati barobarida bölib», örtaça kunlik qiymati 25 ming söm, bir oylik miqdori esa 750 ming söm etib belgilandi.

Özbekiston Musulmonlari idorasining ma’lum qilişiça, mazkur qiymatlar Toşkent şahar bozorlaridagi narxga asosan belgilandi. Har bir viloyat öz bozorlaridagi narxga qarab fitr sadaqasini belgilaydi.