Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon hududiga dron hujumlarini keskin qoraladi
O‘zbekiston rahbari Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi va jarohat olganlarning tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi. Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolarini Erondan Ozarboyjon hududi orqali xavfsiz evakuatsiya qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar va yaratilayotgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirdi.
Foto: Videodan kadr
Prezident Shavkat Mirziyoyev 5 mart kuni Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida davlat rahbari Ozarboyjon hududiga uchuvchisiz uchish apparatlari bilan uyushtirilgan hujumlarni keskin qoralab, jarohat olganlarning tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.
Co‘nggi kunlarda Yaqin Sharq mintaqasida kuzatilayotgan keskinlikning avj olishi ko‘plab tinch aholining qurbon bo‘lishiga olib kelayotgani va jiddiy xavotir uyg‘otayotgani alohida qayd etildi.
Muborak Ramazon oyida ro‘y berayotgan bunday voqealar umuminsoniy qadriyatlarga, xalqaro normalar va davlatlarning hududiy yaxlitligi tamoyillariga zid ekani ta’kidlandi.
O‘zbekiston yetakchisi fuqarolarimizni Erondan Ozarboyjon hududi orqali xavfsiz evakuatsiya qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar va yaratilayotgan sharoitlar uchun Ilhom Aliyevga minnatdorlik bildirdi.
Ozarboyjon prezidenti, o‘z navbatida, davlatimiz rahbariga do‘stona suhbat va sinovli damlarda ko‘rsatilgan qo‘llab-quvvatlov uchun alohida tashakkur izhor etdi.
5 mart kuni Ozarboyjonning Noxichevon shahridagi aeroport hududida Eron droni quladi. Oqibatda aeroport infratuzilmasi shikastlandi va ikki kishi yaralandi. Noxichevondan Eron chegarasigacha masofa kamida 30 kilometrni tashkil etadi. Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini chaqirdi va ro‘y bergan hodisani «jirkanch terakt» deb atadi.
Mavzuga oid
09:23
CNN: AQSh razvedkasi Xitoy Eronga yordam bermoqchi deb hisoblamoqda
22:56 / 07.03.2026
BAA prezidenti mamlakat «urush holatida» ekanini ma’lum qildi
20:51 / 07.03.2026
Tramp Eronning «yomon xulqi» tufayli yangi nishonlarga «juda kuchli» zarbalar berilishini aytdi
20:26 / 07.03.2026