An’anaga muvofiq, prezident «Matonat madhiyasi» yodgorligi poyiga gulçambar qöydi.

«Bugun oramizda soğ-salomat yaşab kelayotgan uruş va mehnat faxriylari, barça nuroniylarimizga alohida mehrimiz, ehtiromimizni izhor etamiz. Uşbu majmua buyuk ğalabaga munosib hissa qöşgan köp millatli xalqimizning jasorati va qahramonligini tarannum etadigan tabarruk maskan, desak, töğri böladi», dedi davlat rahbari.

Ma’lumotlarga köra, faşizmga qarşi qonli janglarda öşa paytda 6 million 800 mingni taşkil etgan aholining qariyb 2 million nafari iştirok etgan. Şundan 540 mingga yaqini halok bölgan, 158 ming nafari bedarak yöqolgan, 50 mingdan ortiği konslagerlarda mislsiz qiynoq va azoblar tufayli halok bölgan, 60 mingdan ziyodi nogiron bölib qaytgan.

Özbekistonlik askar va ofitserlardan 214 mingga yaqini jangovar orden va medallar bilan mukofotlangani ularning jasoratidan dalolat beradi.

Tadbirda Özbekiston Qurolli Kuçlari, davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, mahalla faollari va nuroniylar ham iştirok etib, mazkur yodgorlik poyiga gullar qöydi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev Ğalaba boğidagi “Millat fidoyilari” xiyobonida ham bölib, mustaqillik yillarida mamlakat himoyasi yölida halok bölgan harbiy xizmatçilar va huquq-tartibot idoralari xodimlarining xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

«Bir yil oldin mana şu hududda «Millat fidoyilari» majmuasini barpo etganimiz, albatta, bejiz emas. U Vatan himoyasi har bir avlodning muqaddas işi ekani, vatanparvarlik an’analari davomiyligini eslatib turadi», dedi prezident.

Majmuada mustaqillik yillarida Vatanimiz ozodligi, el-yurtimiz tinçligi yölida qahramonlarça halok bölgan 196 nafar harbiy xizmatçi va huquq-tartibot organlari xodimlarining nomlari muhrlab qöyilgan.