O‘zbekiston | 16:07 / 27.03.2019
9421
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh kompaniyasi O‘zbekistonda shoshilinch tibbiy yordam markazlari quradi

Amerikaning US Inc kompaniyasi Toshkent va Navoiyda shoshilinch tibbiy yordam markazlari quradi, deb xabar berdi «Dunyo» AA. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alisher Abdualiyev va kompaniyaning bosh moliya direktori Mark Uinters mazkur loyihani amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuvda Toshkent va Navoiy shaharlarida klinik-diagnostika laboratoriyalari va shoshilinch tibbiy yordam markazlari tashkil etishning amaliy masalalari muhokama qilindi. Keyinchalik bunday markazlar respublikaning boshqa viloyatlarida ham barpo etiladi.

Mark Uinters ushbu muassasalar eng ilg‘or uskunalar bilan jihozlanishini ta'kidladi. Loyihada shuningdek, bemorlar tibbiy kartalarining yagona elektron bazasini yaratishni ham ko‘zda tutadi.

Navoiyda qiymati 24 mln dollarlik klinik-diagnostika laboratoriyasi va shoshilinch tibbiy yordam markazi qurish loyihasi O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi hamkorligida ishlab chiqilgan va Shavkat Mirziyoyevning 12 mart kuni Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida loyiha taqdimoti o‘tkazilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid