Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
McDonalds Hindistondagi 170 ga yaqin restoranini yopadi
Foto: Flickr
Amerikaning dunyoga mashhur fastfud restoranlari egasi McDonalds kompaniyasi Hindistondagi 169 ta restoranini yopishga qaror qildi. Bunga franchayzing kompaniyasi va fastfud tarmog‘i rahbariyati o‘rtasidagi kelishmovchilik sabab bo‘lgan.
Shunday qilib, franshiza kelishuvi bekor qilingani sababli Shimoliy va Sharqiy Hindistondagi ovqatlanish shoxobchalari yopiladi, deb xabar qilmoqda AP.
Kompaniya rahbariyatining qayd etishicha, uning hamkori Connaught Plaza Restaurants franchayzing kelishuvi shartlarini buzgan, shu munosabat bilan kompaniyalar o‘rtasida hamkorlikni davom ettirish imkonsiz deb topildi.
Xabar qilinishicha, "Makdonalds" Shimoliy Hindistonda faoliyatini qayta tiklash uchun yangi hamkor qidirmoqda. Ta'kidlanishicha, bu holat mamlakatning boshqa hududlaridagi ushbu fastfud restoranlari faoliyatiga ta'sir qilmaydi.
Mavzuga oid
14:02 / 14.01.2026
Hindistonda yovvoyi fil 22 kishini o‘ldirdi. U hamon qidirilmoqda
23:10 / 07.01.2026
«Telsartan H» dori vositasining ayrim partiyasi muomaladan qaytarib olinadi
13:02 / 06.01.2026
O‘zbekistonga o‘qish uchun kelayotganlar ko‘paydi: yetakchi mamlakat - Hindiston
09:06 / 03.01.2026