Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga o‘qish uchun kelayotganlar ko‘paydi: yetakchi mamlakat - Hindiston
2025 yil yanvar–noyabr oylarida jami 37,2 ming nafar chet el fuqarolari o‘qish maqsadida O‘zbekistonga kelgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 54,3 foizga oshgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida jami 37,2 ming nafar chet el fuqarolari o‘qish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 54,3 foizga ko‘paygan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 11 oyida O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan chet el fuqarolari soni mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan: Hindiston — 16,3 ming nafar, Turkmaniston — 8,9 ming nafar, Tojikiston — 2,7 ming nafar, Pokiston — 1,7 ming nafar, Xitoy — 1,4 ming nafar.
Shuningdek, Janubiy Koreyadan 870 nafar, Qirg‘iz Respublikasidan 823 nafar, Misrdan 737 nafar, Filippindan 501 nafar, AQShdan 464 nafar fuqaro o‘qish maqsadida O‘zbekistonga kelgan.
Ro‘yxatdan Turkiya — 357 nafar, Afg‘oniston — 291 nafar, Iordaniya — 194 nafar, Buyuk Britaniya — 179 nafar, Rossiya — 164 nafar, JAR — 155 nafar, Eron — 115 nafar, Qozog‘iston — 113 nafar, Bangladesh — 97 nafar, Italiya — 94 nafar fuqaro ham o‘rin olgan.
Mavzuga oid
23:10 / 07.01.2026
«Telsartan H» dori vositasining ayrim partiyasi muomaladan qaytarib olinadi
14:04 / 07.01.2026
O‘zbekistonliklarning Italiyaga safarlari 25 foizga oshdi
09:40 / 07.01.2026
Farg‘ona va Samarqandda rezina-plastmassa ishlab chiqarish 1 trln so‘mdan oshdi
14:25 / 06.01.2026