Oliy liga-2017da ishtirok etadigan so‘nggi jamoa nomi ma'lum bo‘ldi

Oliy ligada 15-o‘rinni egallagan Namanganning «Navbahor» va Birinchi ligada 2-o‘rinni egallagan viloyatning yana bir jamoasi «Norin» jamoalir o‘rtasida Oliy liganing 2017 yilgi mavsumida ishtirok etish huquqini beruvchi o‘tish o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Toshkentda, qor bilan qoplangan og‘ir sharoitdagi maydonda kechgan uchrashuvda «navbahor»chilar o‘yinning deyarli butun qismini bitta kam bo‘lib o‘tkazishlariga qaramay g‘alaba qozonishdi va kelgusi yili ham yuqori ligada ishtirok etadigan bo‘ldi.
23-daqiqada Isoqjonov, 30 va 85 daqiqalarda Alisher Mahmudov tomonidan kiritilgan gollarga «Norin» hujumchisi Shohrux Dostonov 36-daqiqada bir martagina javob qaytara oldi xolos. Natijada «Navbahor» kelasi mavsumda ham Oliy ligada ishtirok etadigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Oliy liga tashkil etilganidan buyon «Navbahor» klubi hali biror marta quyi ligaga tushib ketmagan.
O‘tish o‘yini
Navbahor – Norin – 3:1 (2:1)
Gollar: Islombek Isoqjonov (23), Alisher Mahmudov (30, 85) - Shohruh Dostonov (36)
«Navbahor»: Artur Parvanov, Dilshod Jabborov, Alisher Mahmudov, A'zam Aliyev, Ilhom Boydedayev, Qahramon Mahamadjonov, Islombek Isoqjonov (Vladislav Aleksin, 89), Tohir Shamsitdinov, Abdumalik Abdullayev (Shohjahon Abbosov, 87), Azizbek Mamazoitov, Ruslan Vagapov (G‘ayrat Jo‘rayev, 46).
«Norin»: Eldor Isaboyev, Farruh Nurliboyev, Rustam A'zamov, Sarvar Safarov, Ahror Umarjonov (Fayzullo Jumanqo‘ziyev, 84), Shohruh Dostonov, Shoirbek Ro‘ziyev (Doston Ibrohimov, 57), Umarbek To‘xtasinov, Eldor Ergashev, Javlon Iskandarov, Sanjar To‘raqulov.
Chetlatishlar: Ilhom Boydedayev (17) - Sarvarbek Safarov (89).
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy bilan hamkorlikda issiqxonalar uchun «aqlli» plyonka ishlab chiqariladi
O‘zbekiston | 07:45
-
O‘zbekiston xokkey milliy jamoasi jahon chempionati III divizioniga chiqdi
Sport | 07:43
-
Toshkentda ilk jamoatchilik yashil parki ochiladi
O‘zbekiston | 07:30
-
Olimlar ekstremal issiq va sovuqqa bardoshli «supermetall»ni yaratdi
Fan-texnika | 00:23
Mavzuga oid

17:34 / 05.04.2025
Norin daryosida ikkinchi GES qurilishi boshlandi

13:44 / 30.03.2025
«Paxtakor» Toshkentda «Dinamo»ga yutqazdi, OKMK yaqqol peshqadam

21:38 / 19.07.2024
«Navbahor» Samvel Babayan o‘rniga yangi bosh murabbiyni e’lon qildi

14:32 / 29.06.2024