Özbekiston milliy jamoasi sobiq boş murabbiyi Timur Kapadze faoliyatini Superliga klubida davom ettiradi. Namanganning «Navbahor» klubi 44 yoşli uşbu mutaxassisni yangi boş murabbiy sifatida e’lon qildi.

«Tajribali mutaxassis klub rahbariyati bilan barça masalalarni muhokama qilgan holda, jamoadagi kelgusi rejalar va maqsadlar yuzasidan töliq kelişuvga erişdi. Tomonlar özaro şartnoma imzoladi», deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Yangi boş murabbiy bugundan boşlab jamoa bilan işlaşni boşlaşi qayd etilgan.

Ma’lumot uçun, «Navbahor» klubini 2025 yilgi mavsumda Şerzod Jörayev boşqargandi, jamoa mavsumni 40 oçko bilan 7-örinda yakunladi.

Timur Kapadze bungaça murabbiylik faoliyatida Özbekiston olimpiya jamoasida va «Olimpik» klubida boş murabbiy sifatida işlagan, 2025 yil yanvarida Sreçko Katanets salomatligidagi muammolar tufayli iste’foga çiqqanida uning örniga Özbekiston milliy jamoasi boşqaruviga tayinlangandi. U asosiy jamoa bilan Özbekiston tarixidagi ilk mundial yöllanmasini qölga kiritdi, ammo ÖFA rahbariyati 2026 yilgi jahon çempionatiga taniqli mutaxassis - italiyalik Fabio Kannavaro bilan borişni ma’qul kördi.

Şundan keyin Kapadze bir muddat jamoada yordamçi murabbiy sifatida işlaşda davom etgandi, ammo mustaqil faoliyat yuritiş istagini bildirib, noyabr oyida asosiy jamoadan ketdi. Unga Indoneziya milliy jamoasidan jiddiy qiziqiş mavjud edi, tomonlar örtasida bir neça bor muzokaralar ötkazildi, ammo yakunda mutaxassis Özbekistonda qoladigan böldi.